Uzum People

Uzum logotipi

Influence marketingda data-driven yondashuvni qanday qo‘llash mumkin

Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A.26.03.2025, 14:00 (UTC+00:00)

26-mart kuni soat 19:30 da Uzum Team lektoriyasi doirasida Uzum E-com blogerlik kommunikatsiyalari yetakchisi Galina Shkolnikova blogerlar bilan ishlashni qanday samarali tashkil etish va uning natijalarini raqamlarga asoslanib baholash haqida so‘zlab beradi.

Ma’ruza dasturida:

— nima uchun ma’lumotlar asosida blogerlarni tanlash muhim;
— qaysi ko‘rsatkichlar hamkorlik samaradorligini haqiqatan ham aks ettiradi;
— post-kampaign tahlilini qanday to‘g‘ri yig‘ish va talqin qilish;
— reklama boshlanishidan oldin blogerning kontentida nimalarga e’tibor berish kerak.

Ma’ruza marketologlar, tadbirkorlar, PR mutaxassislari va blogerlar bilan ishlaydigan yoki birinchi kampaniyasini boshlash arafasida bo‘lgan har bir kishi uchun foydali bo‘ladi.

Ma’ruza 26-mart kuni soat 19:30 da Uzum E-com ofisida, quyigadi manzilida bo‘lib o‘tadi: Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A.

📌 https://uzum.team saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali kirish bepul.