About Uzbekistan | Uzum People

Uzum People

Uzum logotipi

Xush Kelibsiz! O‘zbekistonga xush kelibsiz!

Hayot

Iliq iqlim, sokin ritm, hamyonbop narxlar va xavfsiz muhit O‘zbekistondagi kundalik hayotni qulay va barqaror qiladi

Ish

Qulay soliq siyosati, barqaror iqtisodiyot va biznesni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonni mutaxassislar uchun jozibador qilmoqda

Tabiat

Tabiat mamlakatni ajoyib landshaftlar xilma-xilligi bilan taqdirlagan: Qizilqumning issiq qumlari, Tyan-Shan tog‘larining salqinligi, tiniq ko‘llar, jonsiz dashtlar va yashil vohalar - bularning barchasi O‘zbekistondir

Madaniyat

O‘zbekiston boy madaniy merosga ega mamlakat. Me’morchilik, hunarmandchilik, musiqa va she’riyat avloddan avlodga avaylab-asrab o‘tib kelmoqda

Gastronomiya

O‘zbekiston oshxonasi uning tarixi kabi boy: xushbo‘y palov, sersuv somsalar, yupqa nonlar, to‘yimli sho‘rvalar va sharqona ta’mga ega shirinliklar

Mehmondo‘stlik

O‘zbekistonda mehmondo‘stlik shunchaki an’ana emas, balki turmush tarzidir. Bu yerda har bir mehmonni hurmat bilan kutib olish, chin dildan mehmon qilish va o‘z qadrdonlaridek g‘amxo‘rlik qilish odat tusiga kirgan

Bilish foydali

O‘zbekistonda qaysi tilda muloqot qilinadi?

Davlat tili — o‘zbek tili. Ammo Toshkentda ko‘pchilik rus tilida ham gapiradi, shuning uchun o‘zbek tilini bilmaslik muammo bo‘lmaydi

Mobil aloqa

O‘zbekistonda 6 ta uyali aloqa operatori faoliyat yuritadi: Ucell, Beeline, Mobiuz (UMS), Uzmobile, Humans va Perfectum Mobile.

SIM-kartalarni aeroportlar, vokzallar va aloqa salonlaridan xarid qilish mumkin. Mahalliy raqam JSHSHIR olish, bank kartasini ochish va bank operatsiyalari bo‘yicha SMS-xabarnomalarni olish uchun kerak bo‘ladi.

Hisobni Paynet, bankomatlar, operator ofislari yoki mobil ilovalar (Uzum Bank, Click, Payme) orqali to‘ldirish mumkin.

Chet elliklar SIM-karta sotib olgandan keyin 30 kun ichida telefonning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak. Buning uchun telefon va pasport bilan Uzimei ofisiga murojaat qilish kerak.

2024-yil 28-yanvardan boshlab O‘zbekistonga mobil qurilmalarni olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab etiladi. Ikkitagacha telefon olib kirishga ruxsat berilgan: narxi aeroport orqali 2000 dollargacha, poyezdda 1000 dollargacha va avtomobilda 300 dollargacha. Limitdan oshganlik uchun boj undiriladi 30% miqdorida boj undiriladi.

Deklaratsiya yangi qurilmalar uchun majburiydir. Deklaratsiyada qurilmalar sonini ko‘rsatish tavsiya etiladi. SIM-modulli planshetlar va qurilmalar ham deklaratsiyalanishi kerak.

JSHSHIR

Ishga joylashish uchun JSHSHIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) — barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlar uchun yagona identifikator zarur.

Uni tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari yoki Davlat xizmatlari markazidan olish mumkin.

O‘zingiz bilan xorijga chiqish pasporti, ro‘yxatdan o‘tish va mahalliy telefon raqami bo‘lishi kerak. Rasmiylashtirish narxi — 60 ming so‘m atrofida.

Bank xizmatlari

O‘zbekistonda banklar ko‘p, eng mashhurlari Kapitalbank va Uzum Bank.

4 ta to‘lov tizimi mavjud: milliy Uzcard va Humo, shuningdek, xalqaro Visa va Mastercard.

Hisob ochish uchun ro‘yxatdan o‘tish, JSHSHIR, mahalliy telefon raqami va kartani chiqarish uchun ozgina mablag‘ talab etiladi.

Kartani rasmiylashtirish uchun o‘rtacha 3 ish kuni ketadi.

Turar joy

Qulay kvartirani topish oson: Toshkentda har qanday did va byudjetga mos keladigan turli toifadagi ko‘plab yangi turar-joy majmualari mavjud.

Tashrif buyuruvchilar orasida eng mashhur tuman — Mirobod tumani, ayniqsa Oybek mavzesi, Gospital, SUM va m. Kosmonavtlar.

Mahsulotlar

Taom va mahsulotlarni Uzum Tezkor orqali yetkazib berishga buyurtma berish, shuningdek, supermarketlarda (Korzinka, Makro, Havas) yoki bozorlarda (Chorsu, Mirobod, Oloy va boshqalar) xarid qilish mumkin.

Toshkentda taksi

Taksilarning o‘rtacha narxi — 30 000-50 000 so‘m (taxminan 3-4 dollar).

Dam olish

Toshkentda ko‘plab tarixiy obidalar, ko‘ngilochar maskanlar, yashil hududlar va bog‘lar mavjud — bu har qanday did va byudjetga mos dam olish imkonini beradi. Shahar tashqarisida go‘zal tabiat va bir soatda yetib borish mumkin bo‘lgan tog‘lar bor.

Madaniy tadbirlar

Toshkent ko‘rgazmalar, viktorinalar, master-klasslar va kinoteatrlar bilan quvontiradi. Zamonaviy san’at ixlosmandlari Bonum Factum, 139 Documentary Center va Autograph galereyalariga tashrif buyurishlari mumkin.

Tadbirlarning aktual afishasini afisha.uz va iticket.uz saytlarida ko‘rishingiz mumkin.

Kelishdan oldin nimalar haqida qayg‘urish muhim

  • Xorijga chiqish pasportining amal qilish muddatini tekshiring: u kamida 6 oy amal qilishi kerak.
  • O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportini RF konsulligida uzaytirish mumkin, biroq bunga 1-3 oy vaqt ketadi.
  • O‘zingiz bilan naqd dollar oling. Aeroportda ozgina pulni taksiga va birinchi kunga almashtirish mumkin, qolganini shahar banklarida qulay kursda almashtirgan ma’qul.

Foydali havolalar