Internship | Uzum People

Uzum People

Uzum logotipi

Uzum'da karyerangizni boshlang

Biz yosh mutaxassislarga ishonamiz va ularga o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatini beramiz.

Bizning stajirovkalarimiz "yordamchilik" emas, balki haqiqiy tajriba, ustozlik va muhim loyihalarda ishtirok etishdir

Uzum'da amaliyot o‘tash nima beradi?

"O‘quv" keyslari emas, balki real vazifalar

Siz darhol ish jarayoniga kirishasiz va faxrlanishga arzigulik natijaga erishasiz

Ekspertlar mentorligi

Jamoamizda dunyoning yetakchi kompaniyalaridan katta tajribaga ega hamkasblarimiz ishlaydi

Haq to‘lanadigan stajirovka

Uzum'da haq to‘lanmaydigan mehnat yo‘q. Sizning mehnatingiz qadrli resurs va biz uni to‘lashga tayyormiz

Moslashuvchan format

Vaqtingizni qadrlagan holda, o‘qishingizga mos keladigan ish jadvalini tanlab beramiz

Onlayn kutubxonalardan foydalanish

O‘sishingiz uchun sohaga oid kitoblar, maqolalar va onlayn kurslar to‘plamidan erkin foydalanish imkoniyati mavjud

Har qadamda qo‘llab-quvvatlash

Uzum'da xushmuomalalik, samimiylik va hurmat qadrlanadi — o‘zingizni o‘z joyingizda his qilishingiz shubhasiz

Tanlov qanday o‘tadi

  • Amaliyot arizasini to‘ldirish

    Bir necha daqiqa vaqt ketadi

  • Ommaviy intervyu

    Testlar va guruhli topshiriq

  • Yakka tartibdagi suhbat

    Individual test topshirig‘ini himoya qilish

  • Kompaniyaga rasmiylashtirish

    O‘zR qonunlari bo‘yicha

Savol-javoblar

Siz stajyorlarga ish haqi to‘laysizmi?

Ha, albatta. Uzum'dagi stajyorlar mehnat shartnomasiga muvofiq ish haqi oladilar. To‘lov miqdori stajirovka o‘tkaziladigan bo‘limga bog‘liq

Stajirovka qancha davom etishi mumkin?

Stajirovka 3 oy davom etadi. Ushu davr uchun muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. Uch oylik natijalar asosida, amaliyot muddati uzaytirilishi yoki yakunlanishi mumkin — bu natijalariga bog‘liq bo‘ladi

Stajirovka va o‘qishni birga olib borish mumkinmi?

Ha, Uzum'dagi stajyorlarning ish jadvali moslashuvchan — haftasiga 20 soatdan boshlanadi. Bu stajirovkani o‘qish yoki boshqa mashg‘ulotlar bilan birlashtirish imkonini beradi. Jadval timlid bilan kelishiladi va o‘quv yuklamasiga moslashtirilishi mumkin

Stajirovkadan keyin shu kompaniyaga ishga kirish imkoniyati bormi?

Ha, stajirovkaning asosiy maqsadi ham shu. Biz stajyorlarning kompaniya ichida o‘sishini, bizning ishlash tamoyillarimizni o‘zlashtirishini va natijalarga erishishini xohlaymiz — dastlab xodim sifatida, keyin esa yetakchi lavozimlarda

Stajirovkani masofadan turib o‘tash mumkinmi?

Afsuski, hozir bunday imkoniyat yo‘q. Bizningcha, stajirovka — bu jamoa ichida bo‘lish, jonli ta’lim olish va ish muhitini his qilish muhim bo‘lgan bosqichdir. Shuning uchun ofisda bo‘lish stajyorlarni rivojlantirishning muhim qismidir