15-oktyabr kuni soat 19:00 da Uzum E-com ofisida (Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A) "Tashkilotlarda masofaviy ta’lim tizimi" mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Spikerlar — Uzum E-com masofaviy ta’lim tizimi rahbari Sardor Faxriddinov va ommaviy kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish rahbari Alina Valeyeva.
Ular Uzum Study qanday tashkil etilgani haqida so‘zlab berishadi: barchasi nimadan boshlangani, qanday maqsadlarga erishilgani, samaradorlikni baholashda qanday ko‘rsatkichlar yordam berayotgani, xodimlar ta’limga qanday jalb etilgani va bugungi kunda jamoa nima bilan faxrlanayotgani haqida so‘zlab berishadi.
Ma’ruza tili — ruscha. Dastlabki ro‘yxatdan o‘tish orqali ishtirok etish bepul.
Tashkilotlarda masofaviy ta’lim tizimi: Uzum Study tajribasi
Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A15.10.2025, 14:00 (UTC+00:00)