Savdo va hamkorlarni ulash bo‘yicha supervayzer
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Vazifalar:
Bo‘limlar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish;
Jamoa ichida ijobiy muhit yaratish;
Xodimlar o‘rtasida rejalar va vazifalarni taqsimlash, KPI bajarilishini nazorat qilish;
Savdo samaradorligini va jamoa faoliyatini tahlil qilish;
Hamkorlarni ulash jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;
Xodimlarning o‘qitish ehtiyojlarini aniqlash va ularni rivojlantirish;
Hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.
Talablar:
Savdo sohasida ish tajribasi, supervayzer yoki timlid lavozimidagi tajriba afzal;
A’lo darajadagi kommunikativ va liderlik ko‘nikmalari;
Muzokara olib borish va e’tirozlarga ishlov berish mahorati;
Mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati;
Rus va o‘zbek tillarini bilish;
Ish rejalashtirilgan hududni yaxshi bilish.
Biz taklif qilamiz:
Barqaror va rivojlanib borayotgan Uzum Nasia kompaniyasida ish;
Rasmiy ishga joylashtirish;
To‘lanadigan ta’til va kasallik varaqalari;
Do‘stona jamoa va qo‘llab-quvvatlovchi korporativ madaniyat;
Kasbiy va martaba o‘sish imkoniyatlari;
Natijalarga qarab belgilanadigan raqobatbardosh ish haqi va bonus tizimi.