Head of FP&A | Uzum People

Uzum People

Uzum logotipi
  • Moliya va buxgalteriya
  • Uzum Market

Head of FP&A

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Biz kimni izlayapmiz:

Moliyaviy tahlil, rejalashtirish, byudjetlashtirish va moliyaviy biznes hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan tajribali moliyaviy menejer.

Nimalar qilish kerak bo‘ladi:

• Byudjet jarayonlarini muvofiqlashtirish
• Biznesni muntazam moliyaviy va operatsion prognozlar bilan ta’minlash
• Moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va tahliliy hisobotlarni shakllantirish
• Investitsiya loyihalari va biznes tashabbuslarini baholash
•  Rahbariyat va investorlar uchun taqdimot materiallarini tayyorlash


Biz uchun nimalar muhim:

• FP&A, moliyaviy biznes-hamkorlik, moliyaviy modellashtirish va investitsiya tahlili bo‘yicha kuchli tajriba
• Excel, Google Sheets bilan ishlash bo‘yicha yuqori darajali ko‘nikmalar
• BI vositalari (Tableau, Power BI va boshqalar) va SQL bilan ishlash ko‘nikmalari, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish
• Top-menejment va investorlar uchun taqdimotlar tayyorlash tajribasi
• Kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari, ko‘plab manfaatdor tomonlar bilan samarali ishlash qobiliyati
• Yetakchilik va kuchli, samarali jamoalarni shakllantirish qobiliyati
• Proaktiv yondashuv va yaxshilanishlarni taklif qilish qobiliyati
• Tez o‘zgaruvchan muhitda ishlash qobiliyati

Afzallik bo‘ladi:

• E-com va yirik xalqaro kompaniyalarda ishlash tajribasi


Biz nimalarni taklif qilamiz:

• Raqobatbardosh ish haqi — top kompaniyalar darajasida to‘laymiz;
• Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
• Toshkentga relokatsiyada yordam: aviachiptalar, kvartira ijarasi, qisman masofadan ishlash imkoniyati
• Baza — zo‘r ishlashga bo‘lgan cheksiz istak, yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.

• Hamkorlardan chegirma dasturlari

• Dress-kod va byurokratiyasiz madaniyat


Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000