Grafik dizayner | Uzum People

Uzum People

Uzum logotipi
  • Dizayn
  • Uzum Market

Grafik dizayner

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Nimalar qilish kerak bo‘ladi:

  • Kompaniya brendining vizual stilini rivojlantirish va mustahkamlash — barcha muloqot kanallariga mos keladigan yaxlit vizual o‘ziga xoslikni shakllantirish;

  • Grafik materiallarning yuqori sifat darajasini ta’minlash — ilovadagi reklama kreativlari, digital va POS materiallar;

  • Dizaynerlar jamoasini boshqarish va rivojlantirish: vazifalarni taqsimlash, dizaynlarni ko‘rib chiqish (review), professional darajani oshirish;

  • Kompaniya brend-gaydi va vizual standartlarini yaratish hamda rivojlantirishda ishtirok etish;

  • Dizaynni ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirish — o‘rnatilgan shablonlar, tizimlar va muloqotlar orqali tezlik va samaradorlikni oshirish.

Sizdan nimalarni kutib qolamiz:

  • Brending va o‘ziga hoslik — brendning vizual tizimlarini yaratish va rivojlantirishni bilasiz: logotiplar, brend elementlari, ko‘rsatmalar;

  • Kreativ konsepsiya va art-direction — reklama kampaniyalari, fotosessiyalar, videoroliklar, tadbirlar uchun vizual konsepsiyalarni ishlab chiqish;

  • Grafik dizayn — kompozitsiya, tipografiya, rang va vizual storytelling bo‘yicha kuchli ekspertiza;

  • Vositalar bilan ishlash — Figma, Adobe Creative Suite (Photoshop, Illustrator) dan ishonch bilan foydalanish;

  • Ishlab chiqish ko‘nikmalari — chop etish, digital va outdoor ishlab chiqarish jarayonlarini bilish, fayllarni chiqarishga tayyorlash (CorelDraw).

Biz taklif qilamiz:

  • Raqobatbardosh ish haqi — top kompaniyalar darajasida to‘laymiz;

  • Karyera rivojlanishi — ham muhandislik, ham menejerlik yo‘nalishida o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz

  • Baza — zo‘r ishlashga bo‘lgan cheksiz istak, yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.

  • Hamkorlardan chegirma dasturlari

  • Dress-kod va byurokratiyasiz madaniyat

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000