Uzum People

Uzum logotipi
  • Xavfsizlik va infratuzilma
  • Uzum Bank

Texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi (ATM)

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Biz ATM qo‘llab-quvvatlash jamoasi uchun xodim izlayapmiz.

Ushbu lavozimda siz biriktirilgan bankomatlar parkining uzluksiz ishlashini ta’minlaysiz — Vynamic View / Ekassir yoki shunga o‘xshash tizimlarda qurilmalar texnik holatini doimiy monitoring qilish orqali. Shuningdek, servis pudratchilar va ichki bo‘linmalar bilan ishlagan holda insidentlarga o‘z vaqtida javob berasiz.

Nimalar bilan shug‘ullanish kerak:

  • Bankomatlarning texnik holatini har kuni va tezkor monitoring qilish (Vynamic View / Ekassir va boshqa ichki tizimlar orqali);

  • Ishlashga ta’sir qiluvchi asosiy parametrlarni nazorat qilish, xatolar haqida ma’lumot to‘plash;

  • Qurilmalar ishlashidagi xatoliklarni aniqlash va insidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • Xatolar aniqlanganda texnik xizmat ko‘rsatish uchun arizalar yaratish;

  • Kritik insidentlarni belgilangan tartibga muvofiq eskalatsiya qilish;

  • Servis pudratchilar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha SLA bajarilishini nazorat qilish;

  • Servis muhandislari, protsessing, inkassatsiya va boshqa xizmatlar bilan doimiy kommunikatsiyani olib borish;

  • Faol arizalar reyestrini yuritish va bajarilish muddatlarini nazorat qilish;

  • Insidentlar bartaraf etilgandan so‘ng servis jamoalaridan fikr-mulohazalarni yig‘ish va qayta ishlash;

  • Tizimli muammolar haqida texnik xizmatlar, ekspluatatsiya yoki rivojlantirish bo‘limlariga ma’lumot uzatish;

  • Bankomatlar parkining ishlash holati bo‘yicha kundalik hisobotlar yuritish;

  • SLA va boshqa operatsion ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.

Biz kutamiz:

  • Bankomatlar va periferik modullar ishlash tamoyillarini tushunish;

  • IT-infratuzilma bo‘yicha bazaviy bilimlar (tarmoq, masofaviy kirish, dasturiy ta’minot);

  • Excel / Google Sheets’ni bazaviy darajada bilish;

  • Vynamic View / Ekassir yoki o‘xshash tizimlar bilan ishlash tajribasi.

Biz taklif qilamiz:

  • O‘zbekiston Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;

  • Ta’tilga qo‘shimcha to‘lanadigan uch kun;

  • Ambitsiyali vazifalar va asosiy biznes jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;

  • Har doim tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor kuchli texnik jamoa

  • Kuchli mahsulot madaniyati — tadqiqotlar va metrikalarga tayanamiz, natijaga e`tibor qaratamiz;

  • Harakat erkinligi va biznes rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.


Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000