Uzum People

Uzum logotipi
  • Dasturlash
  • Uzum Market

Android dasturchi Uzum Marketga

Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab

Biz e-com ichida yangi yo‘nalishni ishga tushirmoqdamiz — foydalanuvchi sodiqligini rivojlantirish. Siz loyihaga eng boshida qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz: yo‘nalish noldan yaratilmoqda, yangi jamoa shakllantirilmoqda, mahsulot va biznes talablari endigina ishlab chiqilmoqda. Jamoa kompaniya uchun yangi mexanizmlarni ishlab chiqadi va ishga tushiradi, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlaydi hamda gipotezalarni A/B testlar orqali muntazam tekshiradi. Bu yerda ko‘plab tajribalar, tezkor fidbek va mahsulot hamda biznes metrikalariga bevosita ta’sir qilish imkoniyati mavjud.

Core-mexanikani va yangi servislarni noldan, legasi va “kostillar”siz loyihalash kerak bo‘ladi. Shuningdek, yechimlar Market va Tezkor servislar ekotizimiga chuqur integratsiya qilinadi.

Nimalar bilan shug‘ullanish kerak:

  • Android uchun mobil ilovalarni ishlab chiqish

  • Texnik topshiriq (TT) asosida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish

  • Aniqlangan xatolarni (baglarni) tuzatish

  • Noodatiy UI elementlarini yaratish va implementatsiya qilish

  • Versiyalarni boshqarish tizimi (Git) bilan ishlash

  • Design pattern’lar, SOLID prinsiplarini qo‘llash

  • Multimodulli ilovalarni ishlab chiqish tajribasi bo‘lsa — ustunlik hisoblanadi

Biz uchun muhim:

  • (API level 21+) Android SDK’ni bilish 

  • Kotlin / Java’ni bilish (MVVM, DI, Kotlin Coroutines, Dagger2 / Hilt, Service, View)

  • RESTful API va HTTP’ni tushunish

  • Zamonaviy development vositalari bilan ishlash tajribasi

Nima uchun bu qiziqarli:

  • Keng mas’uliyat zonasi va arxitektura hamda mahsulot qarorlariga bevosita ta’sir qilish imkoniyati

  • Startap ruhi saqlangan noyob madaniyat va shakllangan yetuk jarayonlar

  • Jamoa bilan birgalikda o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ishimizning biznesga real ta’sirini baholaymiz

  • Kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash, chuqur ekspertiza va muhandislik fikrlash qadrlanadi

  • Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi

Biz nimani taklif qilamiz:

  • Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan yoki Toshkentdagi qulay ofisda ishlash 

  • Muhandislik yoki menejment yo‘nalishida o‘sish imkoniyati va muntazam performance baholash

  • Rossiya bozoridagi yetakchi kompaniyalar darajasida raqobatbardosh maosh

  • Ta’lim va rivojlanish: mitaplar, konferensiyalar, professional treninglar va shaxsiy brendni rivojlantirish imkoniyati

  • Professional community va kuchli mutaxassislar jamoasi

  • Baza - samarali ishlash istagi bo‘lgan professionallar jamoasi. Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa bonuslar

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000