Uzum Tezkor Kuryer xizmati guruhi rahbari
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Biz kimni qidirmoqdamiz:
Uzum Tezkor kuryer xizmati guruhi rahbarini qidirmoqdamiz, u yetkazib berish sifati, kuryerlar intizomi va operatsion jarayonlarning barqarorligi uchun javob beradi. Asosiy
vazifa — jamoani boshqarish, samarali jarayonlarni yo‘lga qo‘yish, metrikalarni tahlil qilish va servis sifatini oshirish hamda operatsion muammolarni kamaytirish uchun gipotezalarni test qilish.
Nimalar bilan shug‘ullanish kerak:
Kuryer xizmati operatsion faoliyatini va jamoani (xodimlar, brigadirlar) boshqarish
Kuryerlar tomonidan servis sifati va standartlarga rioya qilinishini nazorat qilish
Operatsion metrikalarni tahlil qilish va muammoli zonalarni aniqlash
Qoidabuzarliklar, shikoyatlar va jarayonlardagi og‘ishlar sabablarini aniqlash
Servis sifati va jarayon samaradorligini oshirish uchun gipotezalarni shakllantirish va test qilish
Ma’lumotlar asosida operatsion jarayonlarni yaxshilash va o‘zgarishlarni joriy etish
Kuryer xizmati uchun qoidalar, reglamentlar va ish standartlarini ishlab chiqish
Jamoaga vazifalar qo‘yish, ularning bajarilishini nazorat qilish va xodimlarni rivojlantirish
Muammoli keyslar bilan ishlash va takroriy hodisalarni oldini olish
Operatsion vazifalarni hal qilish uchun kross-funksional jamoalar bilan hamkorlik qilish
Hisobotlar tayyorlash va servisni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
Biz uchun muhim:
Operatsion jamoani boshqarish tajribasi
Operatsion rollarda ishlash tajribasi
Jarayonlarni boshqarish va ularni yaxshilash tajribasi
Metrikalarni tahlil qilish va ma’lumotlar bilan ishlash tajribasi
Excel yoki Google Sheets bilan ishlash ko‘nikmalari
Ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmalari
Jarayonlarni yo‘lga qo‘yish va qoidalarni joriy etish tajribasi
Jamoa intizomi va ish sifatini boshqarish tajribasi
Yuqori operatsion yuklama sharoitida ishlash tajribasi
Kross-funksional hamkorlik ko‘nikmalari
Liderlik, mas’uliyat va tizimli fikrlash
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi (ixtiyoriy):
Gipotezalarni test qilish va yaxshilanishlarni joriy etish tajribasi
SQL bilan ishlash ko‘nikmalari
Kuryerlar yoki maydon xodimlar jamoasini boshqarish tajribasi
Biz nimani taklif qilamiz:
Toshkent markazida qulay ofis
Karyera rivoji uchun haqiqatan ham cheklanmagan imkoniyatlar
Yetakchi kompaniyalar darajasida raqobatbardosh maosh
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlangan va yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan
Kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash, chuqur ekspertiza qadrlanadi
Dress-kod yo‘qligi va minimal byurokratiya