Uzum People

Uzum logotipi
  • Marketing va kommunikatsiyalar
  • Uzum Nasiya

Project marketing manager

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi «yakkashox» kompaniyasi va milliy Uzum ekotizimining fintech bo‘linmasi bo‘lib, uning servislaridan har oyda Respublikaning 12 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Hozirda Uzum Fintech mamlakatning millionlab aholisi va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun texnologik moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank internet-banki, Uzum Nasiya BNPL yechimi va avtomobillarni sotib olish hamda sotish uchun Uzum Avto onlayn-servisini birlashtiradi.

Nimalar bilan shug‘ullanish kerak:


• Maqsadli auditoriyani tahlil qilish: mijoz portretlarini yaratish, ehtiyojlarini o‘rganish, bozor va raqobatchilarni tahlil qilish;
• Yangi va mavjud mahsulotlar uchun marketing strategiyalarini (GTM) ishlab chiqish va ishga tushirish;
• Marketing kampaniyalari va promolarni barcha bosqichlarda boshqarish — g‘oyadan natijalarni baholashgacha;
• Maqsadli metrikalarga erishish uchun asosiy marketing kanallarini aniqlash;
• Turli marketing va product jamoalari bilan ishni muvofiqlashtirish (brand, performance, CRM, analitika, telemarketing, product ownerlar);
• Marketing faolliklari samaradorligini baholash, hisobotlar tayyorlash va strategiyalarni tuzatish;
• Foydalanuvchilarni jalb qilish va ushlab qolish strategiyalarini ishlab chiqish.

Biz qidirayotgan ko‘nikma va tajribalar:


• Marketingda 3–5 yil tajriba, fintech yoki texnologiya sohasida bo‘lsa ustunlik;
• Bozorni bilish: marketing strategiyalarini tahlil qilish va ishlab chiqish tajribasi;
• Loyiha boshqaruvi ko‘nikmalari: vazifalarni muvofiqlashtirish, prioritetlash, bir nechta loyiha bilan bir vaqtda ishlash;
• Kommunikatsiya ko‘nikmalari: qarorlarni asoslash, turli jamoalar va hamkorlar bilan ishlash;
• Analitika: ma’lumotlar bilan ishlash, gipotezalarni test qilish, marketing ishga tushirishlar samaradorligini baholash;
• Tanqidiy fikrlash va mahsulotni rivojlantirishga strategik yondashuv.

Biz nima taklif qilamiz:


• Har doim tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor kuchli jamoa;
• Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirayotgan jamoa uchun keng ko‘lamli vazifalar;
• Relokatsiya paketi;
• Toshkent markazidagi qulay ofis;
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish, ta’tilga qo‘shimcha to‘lanadigan uch kun;
• Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendni rivojlantirish imkoniyati;
• Professional hamjamiyat — kuchli mutaxassislar muhiti. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.

Bizga yorqin, tashabbuskor, energiyaga boy va ochiq fikrli insonlar qo‘shiladi. Biz esa har bir xodimga rivojlanish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni berishga intilamiz. Siz ham qo‘shiling — biz bilan qiziqarli!


Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000