Tarjimon (Marketing mutaxassisi)
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Uzum — O‘zbekistondagi birinchi texnologik servislar ekotizimi!
Biz o‘z IT-platformamizni yaratmoqdamiz, logistika tizimini rivojlantirmoqdamiz va hamkorlikka yuz minglab tadbirkorlarni jalb qilmoqdamiz.
Millionlab foydalanuvchilar tez yetkazib beriladigan cheksiz tovarlar assortimentidan, shuningdek, maishiy masalalarni hal qilish va biznesni rivojlantirishga yordam beradigan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun biz bir vaqtning o‘zida bir nechta yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqmoqdamiz.
Nimalar bilan shug‘ullanish kerak:
• Matnlarni o‘zbek tilidan rus va/yoki ingliz tiliga hamda aksincha yozma tarjima qilish;
• Til va uslub me’yorlariga rioya qilish uchun tarjimalarni tahrirlash va tekshirish;
• Marketing materiallarini tarjima qilish — SMS, pushlar, lendinglar, bannerlar, aksiyalar oferlari, so‘rovnoma matnlari va boshqalar;
• Og‘zaki tarjimalarda, foydalanuvchilarga qo‘ng‘iroqlar jarayonida ishtirok etish.
Biz uchun muhim:
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilish;
• Kamida 1 yil yozma va/yoki og‘zaki tarjima tajribasi;
• Detallarga e’tibor, savodxonlik, uslubni his qilish;
• Katta hajmdagi matnlar bilan ishlash va muddatlarga rioya qilish qobiliyati;
• Ofis dasturlarini bilish (Word, Google Docs va boshqalar).
Biz nima taklif qilamiz:
• Birinchi kundan boshlab rasmiy ishga joylashtirish;
• Ish jadvali 5/2, 10:00 dan 19:00 gacha;
• Toshkent markazidagi qulay ofis;
• Do‘stona jamoa va qulay ish muhiti;
• Raqobatbardosh ish haqi;
• Keng o‘qish va rivojlanish imkoniyatlari;
• Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
• Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;
• O‘sish va rivojlanish imkonini beruvchi korporativ madaniyat;
• Professional hamjamiyat — kuchli mutaxassislar muhiti. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.