Project manager (bankomatlar)
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Vazifalar:
• Bankomatlar tarmog‘ini o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni boshqarish;
• Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini rejalashtirish va nazorat qilish;
• Pudratchilarni muvofiqlashtirish (inkassatsiya, texnik xizmat, IT qo‘llab-quvvatlash);
• Banklar va hamkorlar bilan hamkorlik qilish;
• Loyiha byudjetini nazorat qilish va xarajatlarni optimallashtirish;
• Bankomatlar samaradorligini tahlil qilish (yuklama, ishlamay turish, tranzaksion faollik);
• SLA va servis xizmatlari sifati ustidan nazorat;
• Rahbariyat uchun hisobotlar tayyorlash.
Biz uchun muhim:
• Project Manager sifatida 1–3 yil tajriba (bank, fintech yoki telekom sohasida bo‘lsa ustunlik);
• Bankomatlar va ekvayring infratuzilmasi ishlash tamoyillarini tushunish — ustunlik;
• Pudratchilar va kross-funksional jamoalarni boshqarish tajribasi;
• Byudjetlash va moliyaviy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish ko‘nikmalari;
• Kuchli analitik fikrlash qobiliyati.
Biz nima taklif qilamiz:
• Karyeraviy rivojlanish — haqiqatan ham cheksiz o‘sish imkoniyatlari;
• Noyob madaniyat — startap ruhi saqlangan va shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
• Kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash, chuqur ekspertiza qadrlanadi;
• Yoqimli bonus — sog‘liq dasturi, hamkorlardan chegirmalar;
• Professional hamjamiyat — kuchli mutaxassislar muhiti. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.