Uzum People

Uzum logotipi
  • Maʼlumotlar bilan ishlash
  • Uzum Market

RecSys jamoasiga Middle+ ML Engineer

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Jamoa haqida

Tavsiya tizimlari mahsulotimizda GMV o‘sishining asosiy drayverlaridan biridir. RecSys jamoasi foydalanuvchi tajribasini barcha bosqichlarda moslashtirish uchun mas’ul: bosh sahifadan tortib PDP, savatdagi tavsiyalar va  moslashtirilgan push-xabarnomalargacha.

Biz end-to-end tavsiya tizimlarini quramiz:

  • mahsulotning turli qismlarida moslashtirilgan tanlamalar,

  • PDP’da o‘xshash va komplementar mahsulotlar,

  • savatchadagi tavsiyalar,

  • PUSH’dagi tavsiyalar,

  • turli foydalanuvchi segmentlariga mos tavsiya strategiyalari.

Nimalar qilish kerak bo‘ladi:

Uzum Market tavsiya tizimlari yo‘nalishi uchun kuchli mutaxassis izlayapmiz. Siz mavjud yechimlarni rivojlantirish va yangi algoritmlarni ishga tushirishda ishtirok etasiz. Bu yil jamoaning asosiy fokuslaridan biri — reklama integratsiyasini tavsiya ssenariylariga qo‘shish bo‘lib, bu ko‘plab tadqiqot va tajribalarni talab qiladi. Birgalikda biz ma’lumotlardan insaytlar topamiz,modellarni production’ga chiqaramiz va A/B sinovlarini o‘tkazib, mahsulotga bevosita ta’sir ko‘rsatamiz.

Biz uchun nima muhim:

  • ML Engineer / Data Scientist sifatida kamida 3+ yil tajriba

  • Python va DS stack (numpy, pandas, sklearn, boosting) bo‘yicha mustahkam bilim

  • Tavsiya tizimlari yoki yaqin sohalarda (ranking / personalization) tajriba

  • SQL (PostgreSQL / ClickHouse)

  • A/B sinovlari bilan ishlash tajribasi

  • Modellarni production’ga chiqarish tajribasi

  • Airflow, Spark bilan ishlash tajribasi

  • Toza va samarali kod yozish ko‘nikmasi

Afzallik bo‘ladi:

  • E-commerce’da ish tajribasi

  • Zamonaviy yondashuvlarni bilish (multi-modal, graf modellari, tavsiyalardagi LLM).

Nima uchun bu qiziq:

  • Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.

  • Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.

  • Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.

  • Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash

  • Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi

Biz nimalarni taklif qilamiz:

Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Moskva va Toshkentdagi qulay ofis;

Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,

Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz

Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz

Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.


Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000