Delivery Manager
Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab
Biz — Uzum Bank, O‘zbekistonning millionlab aholisi uchun moliyani qulay, sodda va xavfsiz qilamiz. Kanban amaliyotlari asosida ishlaydigan 4 ta kross-funksional jamoa yo‘nalishida delivery jarayonini boshqaradigan Delivery Manager qidirmoqdamiz.
Siz epiklar va loyihalar bashorat qilinadigan tarzda harakatlanishi, blokirovkalar tez bartaraf etilishi va jamoalar o‘z ishining shaffof ko‘rinishiga ega bo‘lishi uchun javob berasiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Epiklar va loyihalarni boshqarish
Bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihalarni yuritish: lokal vazifalardan tortib yirik integratsion loyihalargacha;
Statuslarni tashkil etish, yig‘ish va vizualizatsiya qilish, loyiha bosqichlarining shaffofligini ta’minlash;
Bir nechta jamoalar ishini tartibga solish, jamoalarga ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va kelishishni tashkil etishda yordam berish;
Blokirovkalarni aniqlash va bartaraf etish, jamoalar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni muvofiqlashtirish (development, arxitektura, infratuzilma, SRE, axborot xavfsizligi, biznes va mahsulot);
Keng doiradagi steykxolderlar bilan kross-jamoa kommunikatsiyasini tashkil etish;
Epiklar bo‘yicha kickoff uchrashuvlarini o‘tkazish va ishtirokchilar sinxronizatsiyasini ta’minlash;
Yetkazib berish risklarini boshqarish;
Loyihani PROD’ga chiqarish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va kelishuvlarni olish;
Tashabbuslarni “kalit topshirish” formatida amalga oshirish — baholashdan ekspluatatsiyaga topshirishgacha;
O‘sish nuqtalarini topish va loyihalarni boshqarish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish;
Analitika va jarayonlarni yaxshilash
Delivery metrikalarini tahlil qilish: lead time, cycle time, throughput, WIP;
Jamoalarning ishlab chiqarish tizimidagi tor joylarni aniqlash;
Timlidlar bilan birga yaxshilanishlarni taklif qilish va joriy etish;
Jamoalarda murakkab vazifalar bo‘yicha mustaqil refleksiya madaniyatini shakllantirish;
Hisobot va kommunikatsiya
Steykxolderlar uchun jamoalardagi vazifalar harakati bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
Yo‘nalish rahbari uchun ish holati shaffofligini va vizualizatsiyasini ta’minlash;
Biz sizdan kutamiz:
Delivery Manager, Project Manager yoki o‘xshash rolda kamida 2 yil tajriba;
Developer yoki tester sifatida kamida 1 yil tajriba;
Kanban bilan amaliy tajriba: metrikalar, flow boshqaruvi, WIP limitlarini tushunish;
Jira bilan ishonchli ishlash (Structure, filtrlar, dashboardlar);
Bir vaqtning o‘zida bir nechta jamoani muvofiqlashtirish tajribasi;
Timlidlar va texnik mutaxassislar bilan samarali kommunikatsiya qila olish;
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi
Fintech yoki to‘lov tizimlarida tajriba;
Lean amaliyotlari va cheklovlar nazariyasi bilan tanishlik;
Retrospektiva o‘tkazish va jarayonlarni yaxshilash tajribasi;
Shartlar:
Har doim tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor kuchli texnik jamoa;
Moslashuvchan ish jadvali: gibrid yoki masofaviy format — eng asosiysi natija;
Bozordagi eng istiqbolli loyihalardan birini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyati;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy ishga joylashtirish, ta’tilga qo‘shimcha haq to‘lanadigan uch kun;
Biz IT-park rezidentimiz, mutaxassislarimiz “Yashash guvohnomasi”ga tenglashtirilgan IT-vizani olishlari mumkin;
Konferensiyalar, mitaplar va ichki o‘quv dasturlari.