Soliqlar bo‘yicha katta mutaxassis
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Kompaniyaning soliq funksiyasini yuritish uchun soliq maslahatchisini qidirmoqdamiz — hisobotlar va soliq organlari bilan ishlashdan tortib, metodologiya va hisobni avtomatlashtirishgacha.
Agar siz nafaqat jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash, balki ularni rivojlantirish va muhim qarorlarga ta’sir qilishni istasangiz — keling tanishamiz
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Soliq va buxgalteriya qonunchiligi bo‘yicha maslahat berish;
Soliq hisobini yuritish metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etish;
1C’da hisob yuritilishining to‘g‘riligini nazorat qilish;
Soliq hisobotlarining to‘g‘riligini tekshirish;
Soliq rejalashtirish va prognozlashda ishtirok etish;
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni kuzatish va jamoani xabardor qilish;
Soliq organlari uchun so‘rov va javoblarni tayyorlash hamda qayta ishlash;
Soliq registrlarini ishlab chiqish;
Soliq hisobini avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish;
Biz uchun muhim:
O‘zbekiston bozorida soliqqa tortish bo‘yicha kamida 3 yil tajriba;
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini chuqur tushunish;
Transfert narx belgilash (TSH) bilan ishlash tajribasi;
Microsoft Excel va Word’da ishonchli ishlash ko‘nikmalari;
Fikrni aniq bayon qilish va o‘z pozitsiyasini asoslab himoya qila olish;
Detallarga e’tibor, mas’uliyat va sabr-toqat;
Biznesga yo‘naltirilgan fikrlash;
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
Big4 kompaniyalarida (Deloitte, PwC, EY, KPMG) ishlash tajribasi;
Biz nima taklif qilamiz:
Toshkent markazida qulay ofis;
Karyeraviy rivojlanish — haqiqatan ham cheksiz o‘sish imkoniyatlari;
Yetakchi kompaniyalar darajasida maosh;
Noyob madaniyat — biz startap ruhini saqlab qoldik, shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘ydik;
Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash;
Dress-kod yo‘qligi va minimal byurokratiya. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan sog‘liq dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar;