PR-menejer
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
PR-analitika, tadqiqotlar va kontent vazifalarida jamoaga yordam beradigan mutaxassis qidirmoqdamiz.
Nimalar bilan shug‘ullanish kerak:
PR jamoasiga tadqiqotlar va analitika olib borishda yordam berish;
Ma’lumotlarni yig‘ish va bazaviy qayta ishlash (Excel / Google Sheets);
Marketing va mahsulot tadqiqotlarida ishtirok etish;
Infomaydon, OAV va asosiy eslatmalarni monitoring qilish;
Ijtimoiy tarmoqlar va OAV uchun materiallar tayyorlashda yordam berish;
Jamoaga ad-hoc analitik vazifalarda yordam berish;
Biz uchun muhim:
Marketing / SMM / brend / agentlik yo‘nalishida 2–3 yil tajriba;
Ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha bazaviy ko‘nikmalar (Excel / Google Sheets);
Marketing va tadqiqot instrumentlarini bazaviy darajada tushunish;
Rus va o‘zbek tillarini yozma va og‘zaki ravishda mukammal bilish;
Diqqatlilik, aniqlik, matnlar va raqamlar bilan ishlay olish;
Tadqiqotlar, media va PR’ga qiziqish;
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
SMM, kontent, jurnalistika yoki tadqiqot loyihalarida tajriba;
Oddiy analitik hisobotlar tayyorlash ko‘nikmasi;
Ijtimoiy tarmoqlar va infomaydonni monitoring qilish tajribasi;
Biz nima taklif qilamiz:
Kuchli jamoa va ochiq madaniyat;
Xalqaro konsultantlar va banklar bilan loyihalarda ishtirok etish imkoniyati;;
Raqobatbardosh maosh — top kompaniyalar darajasida to‘laymiz;
Karyeraviy o‘sish — biz haqiqatan ham cheksiz rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etamiz;
Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;