Buxgalter Accounting Uzum Holding
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq moddiy boyliklar, asosiy vositalar va xizmatlar bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish;
Birlamchi hujjatlar bilan ishlash: shartnomalar, invoyslar, BYuD, hisobvaraq-fakturalar, ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va hisobda o‘z vaqtida aks ettirilishini nazorat qilish;
Tovarlar, xizmatlar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar realizatsiyasi bo‘yicha operatsiyalarni hisobda aks ettirish;
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-fakturalarni shakllantirish va o‘z vaqtida taqdim etish;
O‘z mas’uliyat sohasi bo‘yicha hisobdagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini nazorat qilish;
Hujjat aylanishi va operatsiyalarni to‘g‘ri aks ettirish masalalari bo‘yicha ichki bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
Biz uchun nima muhim:
Buxgalteriyada 2 yildan ortiq ish tajribasi;
1C, EDO, Didox tizimlari bilan ishlash tajribasi;
Stressga chidamlilik va ko‘p vazifalilik sharoitida ishlash qobiliyati;
Muloqotchanlik va hamkasblar bilan samarali hamkorlik qilish ko‘nikmalari;
Ishga mas’uliyat bilan yondashish va tafsilotlarga e’tibor berish;
Yaxshi tahliliy ko‘nikmalar;
Dinamik sur’atda ishlash va tezkor qarorlar qabul qilish qobiliyati .
Biz nimalarni taklif qilamiz:
Toshkent markazida shinam zamonaviy ofis;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar