Moliya bo‘limida stajyor
Toshkent • Ofis • Tajribasiz
Uzum E-com Moliyaviy boshqaruv bo‘limiga stajirovka uchun qabul boshlanganini e’lon qiladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
4 chi kurs talabasi yoki universitetni tamomlagan bitiruvchi
Hard skills:
Buxgalteriya hisobi asoslarini tushunish.
Excel dasturidan ishonchli foydalanish (formulalar, pivot jadvallar, grafiklar).
SQL bilimlari qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi.
1C Buxgalteriya dasturida ish tajribasi qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi.
Soft skills:
Kommunikatsiya — savodli nutq, muloqotda ishbilarmonlik etikasiga rioya qilish.
Intizom — korporativ standartlarga amal qilish.
Tashkiliy qobiliyat — vazifalarni o‘z vaqtida bajarish.
Diqqatlilik — hisobotlardagi xatolarni aniqlash.
Biz nimalarni taklif qilamiz
Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga joylashish
Moslashuvchan ish jadvali (rahbar bilan kelishgan holda)
Raqobatbardosh ish haqi
Rivojlanishga yo‘naltirilgan, qiziqarli vazifalar
Professional mentor
Stajirovkaga ariza topshirish uchun formani to‘ldiring, va biz siz bilan yaqin vaqt ichida bog‘lanamiz.
Bizga qo‘shiling va Uzum E-com’da o‘z karyerangizni boshlang!
Uzum E-com HR bo’limi