Axborot xavfsizligi bo‘yicha tizim administratori
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
Amaldagi IT infratuzilmasini axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan audit qilish;
Axborot xavfsizligi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish;
Mavjud axborot xavfsizligi tizimlarini boshqarish va yangi yechimlarni joriy etish.
Biz uchun nimalar muhim:
IT/AX (axborot xavfsizligi) sohasida 4 yildan ortiq ish tajribasi;
Windows serverlari va Active Directory administratsiyasi bo‘yicha chuqur bilimlar;
Turli access management modellari, eng kam huquq tamoyili (PoLP) va axborot xavfsizligi bo‘yicha boshqa ilg‘or tajribalarni tushunish;
Linux administratorlik tajribasi;
Zamonaviy kompyuter tarmoqlarini qurish asoslari bo‘yicha bilimlar (segmentatsiya, routing, protokollar va boshqalar);
ITSM/ITIL metodologiyalarini bilish;
Skripting ko‘nikmalari (PowerShell yoki boshqa vositalar);
ITSM tizimlari (JSM, Jira, Confluence) bilan ishlash tajribasi;
Antivirus himoya tizimlarini boshqarish tajribasi;
Mobil qurilmalarni markazlashgan boshqarish (MDM) bo‘yicha tajriba;
Wireshark, Nmap, tcpdump kabi tarmoq vositalari bilan ishlash ko‘nikmalari;
Tahliliy fikrlash va tafsilotlarga e’tibor;
Katta hajmdagi ma’lumot bilan ishlash va uzoq vaqt diqqatni saqlay olish qobiliyati.
Nima uchun bu qiziq:
Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi
Biz nimalarni taklif qilamiz:
Toshkentdagi ofis
Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.