Middle Product Designer (B2C)
Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab
Biz Order Experience jamoasiga mahsulot dizayneri qidirmoqdamiz — bu savatcha, checkout va buyurtmalar bo‘yicha foydalanuvchi yo‘lini rivojlantiruvchi, shuningdek biznes va mijoz uchun muhim bo‘lgan tajribani yaxshilovchi asosiy yo‘nalishlardan biri.
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
UX va biznes qiymatiga fokus qilgan holda foydalanuvchi ssenariylarini yaratish: g‘oyadan yakuniy maketlargacha;
Murakkab, lekin intuitiv jihatdan tushunarli va estetik interfeyslarni yaratish;
Jamoa bilan birgalikda mahsulot konsepsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish
Maketlarni development uchun tayyorlash va barcha bosqichlarda kuzatib borish;
Design review o‘tkazish va production’dagi realizatsiya sifatini nazorat qilish;
Dizaynerlar, product manager’lar va development jamoasi bilan yaqin hamkorlik qilish;
O‘z yechimlaringizni jamoadan tortib yuqori rahbariyatgacha bo‘lgan turli darajalarga taqdim etish.
Biz uchun nima muhim:
Mahsulot dizayni (B2C) sohasida 3 yildan ortiq tajriba
App-first fikrlash;
Dizaynda data-driven yondashuv bilan ishlash tajribasi;
JTBD, CJM va Double Diamond’ni tushunish va amalda qo‘llash;
Kuchli UI va rivojlangan vizual estetika hissi;
Mahsulot ko‘rsatkichlarini va ularning qarorlarga ta’sirini tushunish
Mustaqil tadqiqotlar o‘tkazish tajribasi (yoki ularni o‘tkazishga tayyorlik)
O‘z ishini rejalashtirish va vazifalarni natijaga yetkazish qobiliyati
Ochiqlik, hamkorona muloqot uslubi va jamoada ishlash qobiliyati
Afzallik bo‘ladi:
E-commerce va/yoki murakkab texnologik mahsulotlar bilan ishlash tajribasi;
Operatsion yoki B2C mahsulotlari bilan ishlash tajribasi.
Biz nimani taklif qilamiz:
Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
Top kompaniyalar darajasidagi ish haqi
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar