Uzum People

Uzum logotipi
  • Mahsulot va loyiha boshqaruvi
  • Uzum Tezkor

Mahsulot menejmenti bo‘limida stajirovka

Toshkent • Ofis • Tajribasiz

Uzum E-com Mahsulot menejmenti bo‘limiga stajyor lavozimi uchun tanlov e’lon qiladi.

Vazifalar:

  • Uzum Tezkor hamkorlari bilan muloqot qilish va ularning ilova boyicha ehtiyojlarini yig‘ish;

  • Dasturlash jamoasi bilan hamkorlik qilish, ishlab chiqish uchun vazifalarni tavsiflash;

  • Hamkorning shaxsiy kabineti va buyurtmalar bilan ishlash ilovasini rivojlantirish.

Biz uchun muhim:

  • Rivojlangan kommunikatsiya ko‘nikmalari;

  • Fikrlarni aniq va tushunarli ifodalash qobiliyati;

  • Maktab yoki talabalik davrida tadbirlar, klublarni tashkil etish tajribasi;

  • SQL bo‘yicha bazaviy bilimlar;

  • Python bo‘yicha bazaviy bilimlar;

  • O‘zbek va rus tillarini yuqori darajada bilish.

Biz nimalarni taklif qilamiz:

  • Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga joylashuv;

  • Moslashuvchan ish grafigi (rahbar bilan kelishilgan holda);

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • Professional rivojlanishga yordam beradigan ijodiy va qiziqarli vazifalar;

  • Shahar miqyosida, ilovada, hamkorlar va mijozlar uchun ko‘rinadigan ish natijalari;

  • Mahsulot menejmenti sohasida sezilarli darajada o‘sishga yordam beradigan tajribali mentor.

Bu O‘zbekistonning eng yaxshi kompaniyalaridan birida qiziqarli kundalik vazifalarni bajarish orqali o‘z bilim va professional ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda karyerani boshlash uchun noyob imkoniyatdir.

Suhbatda uchrashishni intiqlik bilan kutamiz,
Uzum E-com HR jamoasi


Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000