Toifa boshqaruvi rahbari
Toshkent • Ofis • 6 yildan boshlab
Biz O‘zbekistondagi eng yirik marketpleysda kuchli toifa yo‘nalishini rivojlantirmoqdamiz va ushbu yo‘nalishnibiznes o‘sishining drayveriga aylantira oladigan yetakchini qidirmoqdamiz.
Bu real ta’sirga ega rol: strategiya, toifaning P&L’i, bozorning asosiy hamkorlari va natijaga ishlaydigan jamoa. Agar siz uchun shunchaki assortimentni boshqarish emas, balki toifani yaratish va bozor qoidalarini belgilash muhim bo‘lsa — bu rol siz uchun.
Biz uchun nima muhim:
Toifalarni boshqarish tajribasi;
Trendlar va xaridorlarning xatti-harakatlarini tushunish;
Assortiment matritsasi bilan ishlash va yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish bo‘yicha amaliy tajriba;
Asosiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borish va hamkorlik shartnomalarini tuzish ko‘nikmalari;
Byudjetlar va tijorat ko‘rsatkichlari bilan ishlash qobiliyati;
Jamoani boshqarish va mutaxassislarni rivojlantirish tajribasi;
Yirik retail yoki e-commerce kompaniyalarida ish tajribasi.
Afzallik bo‘ladi:
Yo‘nalishlarni noldan yoki faol o‘sish bosqichida ishga tushirish tajribasi;
E-commerce’da tovarlarni ilgari surish vositalari, BTL va ATL marketing prinsiplari bo‘yicha tushuncha;
P&L va biznes modellari bilan ishlash tajribasi;
Microsoft Office’ni mukammal bilish, pivot jadvallar va tahliliy dasturlar (OLAP cubes, Power BI, MPSTATS) bilan ishlash tajribasi.
Nima bilan shug‘ullanish kerak bo‘ladi:
Bozor ulushini oshirish maqsadida toifalar, yo‘nalishlar va sellerlar guruhi bo‘yicha umumiy strategiyani shakllantirish;
Toifalar doirasida assortimentni rivojlantirish va to‘ldirish strategiyasini ishlab chiqish;
Tijorat strategiyalarini amalga oshirish va jalb qilish, marketing, logistika, narx belgilash, veb-sayt kontenti va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik qilish;
Biriktirilgan tovartoifalarini rivojlantirish, samaradorlik va asosiy metrikalarni tahlil qilish hamda reja ko‘rsatkichlarini bajarish: GMV, SKU bo‘yicha savdo, marja, narx indeksi, assortiment kengligi;
Asosiy va potensial hamkorlar bilan muloqot qilish, yangi sellerlarni jalb qilishda yetakchilik qilish, shartnoma-oferta va qo‘shimcha kelishuvlar doirasida hamkorlikning asosiy shartlarini muhokama qilish, kelishish va tasdiqlash;
Bozor, raqobatchilar, trendlar va savdo kanallarini tahlil qilish (shu jumladan, sayyor tahlil orqali);
Jamoani shakllantirish, rivojlantirish va rag‘batlantirish.
Biz nimani taklif qilamiz:
Toshkent markazidagi shinam ofis — relokatsiyada yordam beramiz;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
Top kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar