Uzum People

Uzum logotipi
  • Inson resurslari (HR)
  • Uzum Bank

People Operations Partner Uzum Bank

Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab

Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn shopping, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni birlashtirgan raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan noyob kompaniya.

Uzum Fintech — O‘zbekistondagi birinchi “yakkashox” kompaniya va milliy Uzum ekotizimining fintech yo‘nalishi bo‘lib, uning servislaridan har oy 12 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi. Hozirda Uzum Fintech mamlakatdagi millionlab foydalanuvchilar va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun texnologik moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank internet-banki, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil savdo platformasini o‘z ichiga oladi.

Rol haqida:

Siz HR jamoasida ishlaysiz va IT-vertikalni barcha operatsion masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlaysiz. Bu rol — ko‘p vazifali ish oqimi, aniq ijro va sifatli kommunikatsiya haqida.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Xodimlar va rahbarlardan kelgan so‘rovlarni qayta ishlash;

  • Stakeholderlar bilan ishlash — qo‘ng‘iroqlar, uchrashuvlar va support;

  • Lavozim yo‘riqnomalari, xatlar va hujjatlarni tayyorlashda yordam berish;

  • Ma’lumotlarni yig‘ish va tizimlashtirish, email bilan ishlash;

  • Prezentatsiyalar va oddiy analitik hisobotlar tayyorlash;

  • ITS(ДМС) bilan ishlashda yordam berish;

  • HR loyihalarda ishtirok etish;

  • Istak va tayyorgarlikka qarab — jarayonlarni avtomatlashtirishga qo‘shilish;

Biz qanday insonni qidirmoqdamiz:

  • Vazifalar oqimida xotirjam ishlay oladigan;

  • Xodimlar, pudratchilar va davlat tashkilotlari bilan muloqot qila oladigan;

  • Detallarda yo‘qolib qolmaydigan;

  • Jira va Confluence bilan ishlash bo‘yicha bazaviy tajribaga ega;

  • Prezentatsiyalar tayyorlash va jadvallar bilan ishlay oladigan;

Sharoitlar:

  • Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • Keng o‘qish imkoniyatlari;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Rivojlanish va o‘sish imkonini beruvchi madaniyat;

  • Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan sog‘liq dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar;

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000