Uzum People

Uzum logotipi
  • Savdo va kategoriya boshqaruvi
  • Uzum Market

Kiyim-kechak ishlab chiqarish bilan ishlash bo‘yicha menejer

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Uzum Market ishlab chiqarish fabrikalarini topish va ular bilan hamkorlik qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish hamda yo‘nalish doirasidagi operatsion vazifalarni boshqaradigan mutaxassis qidirmoqda.

Kiyim-kechak ishlab chiqarish, jarayonlarni boshqarish va pudratchilar bilan ishlash bo‘yicha tajriba afzallik bo‘ladi.



Nima bilan shug‘ullanish kerak bo‘ladi:

  • Ishlab chiqarish maydonlarini izlab topish va rivojlantirish (O‘zbekiston / Xitoy) — fabrikalarni tanlash, muzokaralar olib borish va uzoq muddatli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish;
  • Ta’minotchilar bilan shartnomalar tuzish va ularni kuzatib borish - shartlarni kelishish, texnik xususiyatlarni yuritish, hujjatlar aylanishini nazorat qilish;
  • Ishlab chiqarish siklini tashkil etish va nazorat qilish - modellarni ishlab chiqarishga kiritish, muddatlarni nazorat qilish, jo‘natmalarni muvofiqlashtirish;
  • Tannarxni optimallashtirish - narxlar va MOQ bo‘yicha muzokaralar olib borish, xarajatlarni kamaytirish va maqsadli marjaga erishish ustida ishlash;
  • Mahsulot sifatini nazorat qilish - ishlab chiqarish va inspeksiyalar bilan hamkorlik qilish, brakni kamaytirish va reklamatsiyalar bilan ishlash;
  • Ta’minot va import operatsiyalarini kuzatib borish - logistika bilan hamkorlik qilish, ta’minotni nazorat qilish (jumladan, Xitoydan import);
  • Ichki jamoalar bilan ishlash - assortimentni ishga tushirish va rivojlantirish uchun mahsulot, dizayn va tijorat jamoalari bilan muvofiqlashtirish;
  • Ishlab chiqarish risklarini boshqarish — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash (muddat, sifat, narx) va yechimlarni taklif etish.


Biz uchun nima muhim:

  • Fashion-industriyasida ish tajribasi - siz kiyim-kechaklarni yaratish va ishlab chiqarishning xususiyatlarini (mavsumiylik, kolleksiyalar, kapsulalar) tushunasiz, shuningdek, assortiment (matolar, bichim, modellar) va ishlab chiqarish bilan ishlash tajribasiga egasiz;
  • Mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishning to‘liq siklini tushunish (g‘oyadan jo‘natishgacha), muddatlarni boshqarish va risklarni nazorat qilish qobiliyati;
  • Ishlab chiqarish maydonlarini qidirish, tanlash va baholash bo‘yicha tajriba (O‘zbekiston / Xitoy), fabrikalar bilan uzoq muddatli hamkorlik qurish;
    Narxlar, MOQ va ishlab chiqarish muddatlari bilan ishlash tajribasi;
    Mahsulot tannarxi tuzilishini tushunish, sifatni yo‘qotmagan holda xarajatlarni tahlil qilish va kamaytirish qobiliyati;
  • Ishlab chiqarishda sifat nazorati jarayonlarini tushunish, inspeksiyalar bilan ishlash va brak darajasini kamaytirish tajribasi;
  • Shartnomalar, spetsifikatsiyalar, invoyslarni yuritish tajribasi, ta’minotning asosiy shartlarini tushunish va ta’minotchilar bilan hamkorlik qilish;
  • Xalqaro logistika jarayonlari bo‘yicha bazaviy bilimlar, Xitoydan keladigan ta’minotlarni kuzatib borish.


Biz nimani taklif qilamiz:


  • Toshkent markazidagi shinam ofis — relokatsiyada yordam beramiz;
  • Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
  • Top kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
  • Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
  • Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
  • Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000