Uzum People

Uzum logotipi
  • Dasturlash
  • Uzum Market

Uzum Market’da iOS-dasturchi

Toshkent • Masofaviy ish • 6 yildan boshlab

Discovery - Customer klasteridagi jamoa bo‘lib, u marketpleysning to‘liqfoydalanuvchi yo‘li uchun javob beradi: qidiruv, katalog, mahsulot kartasi, tavsiyalar, tanlovlar, saralanganlar va filtrlar — ya’ni foydalanuvchini xaridga olib keladigan barcha bosqichlar. Jamoada mahsulot bo‘yicha qarorlar qabul qilishning asosiy usuli — eksperimentlar. Deyarli har bir o‘zgarish A/B test orqali ishga tushiriladi va ko‘rsatkichlar asosida baholanadi. Shu sababli muhandisning mahsulot va biznesga ta’siri bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq o‘lchanadi.

iOS development faqat backend’dan kelgan ma’lumotlarni ko‘rsatish bilan cheklanmaydi — bu qidiruv tizimi va tavsiya mexanizmlari ustida ishlovchi jamoalar bilan yaqin hamkorlikdagi to‘liq product layer. Shu bilan birga texnik stack ham rivojlantirmoqdamiz: SwiftUI va TCA’ga o‘tmoqdamiz, testlash va reliz jarayonlarini avtomatlashtirmoqdamiz. Shuning uchun product vazifalaridan tashqari kompaniyada mobile development qanday tashkil etilganiga ham ta’sir qilish imkoniyati mavjud.


Nima bilan shug‘ullanish kerak:

  • Kross-funksional jamoaning bir qismi bo‘lish va mahsulotni ishlab chiqishda faol ishtirok etish
  • Platformani rivojlantirish: texnik qarzni bartaraf etish, unumdorlikni oshirish, arxitekturani yaxshilash
  • Infratuzilma ustida ishlash: CI/CD, jamlashni tezlashtirish, sinovlar va relizlarni avtomatlashtirish
  • Injiniring hamjamiyatiga hissa qo‘shish: ichki mitaplar, maqolalar, ma’ruzalar — xohishga ko‘ra



Biz uchun nima muhim:


  • Swiftda 4 yildan ortiq tijoriy dasturlash tajribasi
  • SwiftUI bilan ishlash ko‘nikmasi
  • The Composable Architecture (TCA) haqida bilim yoki qiziqish
  • Swift Concurrency (async/await) bilan ishlash tajribasi
  • Toza, test qilinadigan kod va unit-/UI testlarini yozish ko‘nikmasi
  • Arxitekturaviy yondashuvlarni tushunish va ularni amalda qo‘llay olish
  • Jamoada ishlashga, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va mahsulotga ta’sir ko‘rsatishga tayyorlik


Nima uchun bu qiziq:


  • Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz.
  • Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
  • Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
  • Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
  • Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
  • Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi


Biz nimalarni taklif qilamiz:


  • Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Toshkentdagi qulay ofis;
  • Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
  • Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
  • Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
  • Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000