Аxborot xavfsizligi monitoringi jamoasiga stajyor
Toshkent • Ofis • Tajribasiz
Uzum Bank axborot xavfsizligi monitoringi jamoasiga stajyor qidirmoqda
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Axborot xavfsizligi hodisalarini monitoring qilish va shubhali faollikni tahlil qilish;
Axborot xavfsizligi insidentlarini aniqlash va qayta ishlashda ishtirok etish: hodisalarni qayd etish, tavsiflash va keyingi tahlil hamda yechim uchun tegishli mutaxassislarga yetkazish;
Monitoring va himoya vositalarini sozlash hamda qo‘llab-quvvatlashda yordam berish;
Biz uchun muhim:
Quyidagi yo‘nalishlarda 3-kursdan boshlab talabalar yoki bitiruvchilar:
— Axborot xavfsizligi
— Axborot texnologiyalariProfil fanlar bo‘yicha yaxshi akademik natijalar;
Operatsion tizimlar turlari va kompyuter tarmoqlari ishlash prinsiplari (OSI, TCP/IP) bo‘yicha bazaviy tushuncha;
Logging prinsiplari va axborot xavfsizligi vositalari (firewall, antivirus, SIEM va boshqalar) bo‘yicha bazaviy tushuncha;
Rus va o‘zbek tillarini bilish;
Detallarga e’tibor;
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
Windows va Linux’ni chuqurroq bilish;
Logging va monitoring tizimlarini tushunish (ELK, Wazuh va boshqalar);
Tarmoqlarni qurish prinsiplari bo‘yicha chuqur tushuncha;
Axborot xavfsizligi vositalari bilan amaliy ishlash tajribasi;
Biz nima taklif qilamiz:
6 oylik to‘lanadigan stajirovka;
Haftasiga kamida 20 soatlik ofis ish formati;
Qulay grafik tanlash imkoniyati;
Mentorlik va jamoa qo‘llab-quvvatlashi;
Stajirovka yakuniga ko‘ra junior mutaxassisga o‘sish va doimiy rolga o‘tish imkoniyati