Yuridik bo‘limiga stajyor
Toshkent • Ofis • Tajribasiz
Uzum E-com kompaniyasi Yuridik bo‘limiga stajirovka uchun qabul e’lon qiladi.
Lavozim:
Yuridik bo‘limiga stajyor.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Hard Skills:
Fuqarolik, korporativ va shartnoma huquqi bo‘yicha bazaviy bilimlar;
Yuridik hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlay olish;
Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlarini ishonchli darajada bilish;
Analitik fikrlash va tafsilotlarga e’tibor.
Soft Skills:
Mas’uliyatlilik va yuqori darajadagi aniqlik;
Ma’lumotni tizimli yetkazib bera olish;
Rivojlangan kommunikatsiya ko‘nikmalari;
O‘zbek va rus tillarini yuqori darajada bilish;
Ingliz tilini bilish ustunlik beradi.
Vazifalar:
Shartnomalar va qo‘shimcha kelishuvlarni tayyorlash, tahlil qilish va kelishishda yordam berish;
Huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish va yuridik xulosalar tayyorlash;
Yuridik bo‘limga korporativ va operatsion masalalarda ko‘maklashish;
Hujjatlarni ichki siyosatlar va qonunchilikka muvofiqligini tekshirish;
Ichki jamoalar bilan yuridik masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish.
Biz taklif qilamiz:
Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga qabul qilish;
Moslashuvchan ish jadvali (rahbar bilan kelishilgan holda);
Raqobatbardosh ish haqi;
Biznesga real ta’sir ko‘rsatadigan amaliy vazifalar;
Tez rivojlanayotgan e-commerce kompaniyasida tajriba;
Yuridik sohada professional o‘sishga yordam beradigan tajribali mentor.
Bu — amaliy yuridik tajriba orttirish va O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalaridan birida karyerani boshlash uchun ajoyib imkoniyat.
Stajirovkaga ariza topshirish uchun formani to‘ldiring — siz bilan bog‘lanamiz.
Sizni suhbatda kutib qolamiz,
HR jamoasi, Uzum E-com