Uzum People

Uzum logotipi
  • Inson resurslari (HR)
  • Uzum Holding

HR-brend bo‘yicha stajyor

Toshkent • Ofis • Tajribasiz

Marketolog? Dizayner? Mobilograf? 

Agar hali kelajakdagi kasbingizni tanlamagan bo‘lsangiz-u, lekin ko‘nglingiz ijodga intilayotgan bo‘lsa, hozir ayni vaqti — stajirovkaga ariza topshiring va bizning jamoaga qo‘shiling! 

Bu yerda siz qimmatli tajriba orttirasiz, ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz va minglab odamlar ko‘radigan kontent yaratishdagi o‘z yo‘lingizni topasiz. Biz buning uchun barcha sharoitlarni yaratamiz: professional suratga olish texnikasi, ko‘p yillik tajribaga ega mentor beramiz va hammasini o‘rgatamiz.


Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • postlar uchun matnlar yozish; 

  • video suratga olish va montaj qilish; 

  • bazaviy dizayn bilan ishlash;

  • tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etish.

Biz uchun muhim:

  • mobil suratga olish va videomontaj ko‘nikmalari (CapCut);

  • Google Workspace (Google Docs va Google Sheets) bilan ishlay olish;

  • Figma’da ishlash bo‘yicha bazaviy ko‘nikmalar;

  • ijodkorlik va tashabbuskorlik

  • kuchli muloqot ko‘nikmalari.

Biz nimalarni taklif qilamiz:

  • Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga joylashish;

  • Moslashuvchan ish jadvali (rahbar bilan kelishilgan holda);

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • professional rivojlanishga yordam beradigan ijodiy va qiziqarli vazifalar

  • HR-brend yo‘nalishida sezilarli darajada o‘sishingizga yordam beradigan mentor-ekspert.


Suhbatda uchrashishni intiqlik bilan kutamiz,

Uzum E-com HR jamoasi


Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000