Senior Data DevOps
Toshkent • Masofaviy ish • 6 yildan boshlab
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Data infratuzilmasini qayta qurish va rivojlantirish: ingestion, saqlash omborlari, data oqimlari, ETL/ELT jarayonlari, shuningdek monitoring, fault tolerance va data stream’lar uchun CI/CD jarayonlarini yo‘lga qo‘yish;
Kafka, ClickHouse, Debezium, Airflow, dbt, Trino, Superset kabi vositalarni joriy etish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ClickHouse klasterlari va ular bilan bog‘liq tizimlarni o‘z ichiga olgan Uzum Market infratuzilma platformasini rivojlantirish;
Cloud Agnostic yondashuvi asosida ma’lumotlarni qayta ishlash va yetkazib berish uchun ichki infratuzilma servislarini yaratish, shuningdek Terraform va Ansible yordamida fault tolerant va masshtablanuvchi infratuzilma qurish;
Kubernetes va real vaqt rejimidagi ma’lumotlarni yetkazib berish tizimlari (Debezium, Kafka) bilan ishlash;
Observability stekini sozlash va qo‘llab-quvvatlash: Prometheus, Grafana, Alertmanager;
GitOps tamoyillari asosida qurilgan CI/CD jarayonlarida ishtirok etish;
Replikatsiya, CDC va event-driven arxitekturani loyihalashda ishtirok etish;
Data Engineer’lar, Backend developer’lar va platforma jamoasi bilan hamkorlikda ishlash.
Biz uchun muhim:
Linux bo‘yicha mustahkam bilimlar (shell, iptables, tcpdump, kernel parameters, ulimits bilan ishlash);
ClickHouse bilan kamida 3 yillik tajriba, jumladan:
arxitektura (table engine’lar, replication, sharding, index’lar);
VLDB uchun backup/recovery;
HA-klasterlarni uzilishsiz yangilash;
Kubernetes muhitida ClickHouse ekspluatatsiyasi;
Kubernetes bilan kamida 1 yillik tajriba, jumladan QoS, NetworkPolicy, Helm, ArgoCD;
Bulutli muhitlar (Yandex Cloud, AWS, GCP va boshqalar) bilan ishlash tajribasi;
Monitoring vositalari steki (Prometheus, Grafana, Alertmanager) bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
CI/CD va GitOps (ArgoCD, Flux) tamoyillarini bilish va amaliyotda qo‘llash;
Fault tolerant tizimlarni loyihalash va qurish ko‘nikmasi.
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
PostgreSQL, Redis, Kafka, Elasticsearch bilan ishlash tajribasi;
BI va analitika vositalari (Apache Superset, Airflow, Trino) bilan ishlash tajribasi;
Debezium bilan ishlash tajribasi va ETL/ELT pipeline’larida CDC tamoyillarini tushunish.
Nima uchun bu qiziq:
Keng mas’uliyat zonasi va arxitektura hamda mahsulot yechimlariga ta’sir qilish imkoniyati;
Noyob madaniyat — biz startup ruhini saqlab qolganmiz va shu bilan birga yetuk jarayonlarni shakllantirganmiz;
Jamoa bilan birgalikda o‘lchanadigan maqsadlarni shakllantiramiz va ishimizning biznesga ta’sirini real o‘lchaymiz;
Ekspertiza chuqurligi va muhandislik fikrlashi qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasi;
Jamoalar bir-birini hamkor sifatida tinglaydi va eshitadi.
Biz nima taklif qilamiz:
Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan yoki Toshkentdagi qulay ofisda ishlash;
Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek, samaradorlikni muntazam baholash tizimi ham ishlab chiqilgan;
Bozordagi top kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
O‘qish va rivojlanish — kompaniya ichida ham, undan tashqarida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, publikatsiyalar). Shuningdek, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz;
Asos — ishni yuqori darajada qilishga intiladigan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.