Uzum People

Uzum logotipi
  • Mahsulot va loyiha boshqaruvi
  • Uzum Market

Middle+ Product Manager (FBS + Cross Border)

Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab

Biz Logistika operatsion mahsulotlari jamoasiga Product Manager qidirmoqdamiz. Ushbu rolning asosiy yo‘nalishi — FBS modeli va Cross Border logistika mahsulotlarini rivojlantirish. Bu mahsulotlar buyurtma yaratilishidan boshlab logistika obyektlarida qayta ishlanishi, yetkazib berilishi, qaytarilishi va sotuvchilar bilan ishlashgacha bo‘lgan butun tovar harakatini boshqaradi.

Siz mahsulot, operatsiyalar va biznes iqtisodiyoti kesishgan nuqtada ishlaysiz: asosiy logistika jarayonlarini rivojlantirasiz, samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini topasiz, operatsiyalar sifatini yaxshilaysiz, kompaniya xarajatlarini kamaytirasiz va sotuvchilar, xaridorlar hamda ichki foydalanuvchilar tajribasiga ta’sir qiladigan yirik o‘zgarishlarni amalga oshirasiz.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Mahsulot discovery jarayoniga yetakchilik qilish: o‘sish nuqtalarini aniqlash, gipotezalarni shakllantirish va tekshirish, PRD tayyorlash va himoya qilish;

  • Yo‘nalishning rivojlanish strategiyasini shakllantirish va jamoaning mahsulot backlog’ini boshqarish;

  • Logistika jarayonlari sifati va tovarlar harakati samaradorligiga ta’sir qiluvchi operatsion mahsulotlarni rivojlantirish;

  • Ma’lumotlar, metrikalar va iqtisodiy samaradorlik asosida mahsulot qarorlarini qabul qilish;

  • O‘zgarishlarni amalga oshirish uchun development, analitika, dizayn va operatsion jamoalar bilan hamkorlik qilish;

  • Operatsiyalar sifatini oshirish va kompaniya xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan mahsulotlar bo‘yicha talablarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

Biz uchun muhim:

  • Product Manager sifatida kamida 4 yillik tajriba;

  • E-commerce, marketplace, logistika, supply chain yoki rivojlangan operatsion infratuzilmaga ega kompaniyalarda ishlash tajribasi;

  • FBS modeli, qaytarish jarayonlari, cross-border logistika yoki tovarlar harakati bilan bog‘liq mahsulotlar bilan ishlash tajribasi yoki logistika, ombor, OMS, WMS yoki TMS platformalari bilan ishlash tajribasi.

Nima uchun bu qiziq:

  • Keng mas’uliyat zonasi va arxitektura hamda mahsulot yechimlariga ta’sir qilish imkoniyati;

  • Noyob madaniyat — biz startup ruhini saqlab qolganmiz va shu bilan birga yetuk jarayonlarni shakllantirganmiz;

  • Jamoa bilan birgalikda o‘lchanadigan maqsadlarni shakllantiramiz va ishimizning biznesga ta’sirini real o‘lchaymiz;

  • Ekspertiza chuqurligi va muhandislik fikrlashi qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasi;

  • Jamoalar bir-birini hamkor sifatida tinglaydi va eshitadi.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan yoki Toshkentdagi qulay ofisda ishlash;

  • Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek, samaradorlikni muntazam baholash tizimi ham ishlab chiqilgan;

  • Bozordagi top kompaniyalar darajasidagi ish haqi;

  • O‘qish va rivojlanish — kompaniya ichida ham, undan tashqarida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, nasharlar). Shuningdek, personal brendni rivojlantirishga yordam beramiz;

  • Asos — ishni yuqori darajada qilishga intiladigan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.


Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000