Uzum Avto Media Buying menejeri
Toshkent • Ofis • 6 yildan boshlab
Uzum Avto — O‘zbekiston bozoridagi yangi klassifayd platforma bo‘lib, unda avtomobilni onlayn sotish, tanlash va xarid qilish mumkin. Biz Uzum ekotizimining bir qismimiz, shu sababli mijozlarimizga qulaylik bilan birga manfaatdorlik, shaffoflik va ishonchlilikni ham taqdim etamiz.
Hozir biz alohida hududlar va butun mamlakat miqyosida media kampaniyalarni samarali yo‘lga qo‘ya oladigan kuchli Media Buying menejerini qidirmoqdamiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
360° media kampaniyalarni ishga tushirish va boshqarish, flowchartlarni tayyorlash hamda kelishish;
Reklamani rejalashtirish, xarid qilish va joylashtirish bo‘yicha pudratchilar bilan hamkorlik qilish;
Media strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Gipotezalarni sinovdan o‘tkazish, tahlil qilish va tanlangan yondashuvlarni asoslash;
Briflar o‘tkazish, mediaplanlarni tahlil qilish va budjet taqsimotini nazorat qilish;
Reklama materiallarini platformalarga topshirish, muddatlar va joylashtirish sifatini nazorat qilish;
Post-buying tahlilini olib borish va media xaridlari samaradorligini oshirish;
Reklama kampaniyalarining BHT ko‘rsatkichlari va trafikga ta’sirini baholash.
Biz uchun muhim:
Media planning va media buying yo‘nalishida kamida 5 yillik tajriba;
Yangi mahsulotlarni bozorga olib chiqish tajribasi;
BHT va trafik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi marketing vositalarini tushunish.
Biz nima taklif qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq birinchi ish kunidan rasmiy ishga joylashish;
Raqobatbardosh maosh;
Keng o‘qish va rivojlanish imkoniyatlari;
Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
Biz IT-Park rezidentimiz, mutaxassislarimiz yashash uchun ruxsatnomaga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;
O‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi korporativ madaniyat;
Toshkentdagi qulay ofisda full time ish formati;
Qo‘shimcha bonuslar: lokatsiyangizga bog‘langan sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.