Uzum People

Uzum logotipi
  • Maʼlumotlar bilan ishlash
  • Uzum Market

Tizim analitiki (Data Platform)

Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab

Tizim analitiki — biznes, mahsulot ishlab chiqish jamoasi va data jamoasi o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in. Biznes talablarining rasmiy ma’lumotlar shartnomalariga aylantirilishi va tushunarli Data Quality bilan barqaror yuklab olish darajasiga yetkazilishi uchun javobgardir.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Biznes buyurtmachilaridan talablarni yig‘ish: qanday hisobot yoki data vitrinasiga ehtiyoj borligi, kerakli maydonlar, davriylik va ma’lumotlarning moliyaviy hamda hisob jarayonlarida qanday qo‘llanilishini aniqlash;

  • Manbalarda kerakli ma’lumotlar jismonan qayerda joylashganini aniqlash va biznes mohiyatini xaritalash → jadval/maydon

  • Mahsulot ishlab chiqish jamoasi va ma’lumot iste’molchilari o‘rtasidagi data kontraktlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash:

    • xabarlar sxemalari;

    • ma’lumot almashish formatlari;

    • API kontraktlari;

    • teskari moslik qoidalari va breaking changes kelishish jarayonlari;

    • ma’lumotlarning yangiligi, to‘liqligi va mavjudligi bo‘yicha SLA’lar;

  • Data Quality talablarini shakllantirish:

    • ma’lumotlar vitrinasi uchun DQ tekshiruvlarini ishlab chiqish (to‘liqlik, o‘z vaqtida yangilanish, referensial yaxlitlik, biznes qoidalari);

    • data muhandislari bilan birgalikda testlar, monitoring va alertlarni joriy qilish;

  • Integratsiyalar bo‘yicha hujjatlarni doimiy ravishda yangilab borish: ma’lumot oqimlari sxemalari, data vitrinasi tavsiflari, eksportlar va kontraktlar;

  • Vazifalarni jamoalar bo‘yicha taqsimlash, steykholderlar oldida ustuvorliklarni himoya qilish va muddatlarni nazorat qilish;

  • Ma’lumot manbalaridagi o‘zgarishlarni design review jarayonida baholash va ularning iste’molchilarga ta’sirini oldindan tahlil qilish.

Ishlash kerak bo‘ladigan texnologiyalar steki:

  • PostgreSQL, Kafka, Debezium (CDC), Spark, Iceberg, Trino, Airflow, S3, ClickHouse, Schema Registry, Jira, Confluence.

  • Bu rolda production kod yozish talab qilinmaydi, ammo SQL’ni erkin o‘qiy olish, CDC va streaming tamoyillarini tushunish hamda ma’lumotlarni manba va omborlarda mustaqil tekshira olish muhim.

Biz uchun muhim:

  • Marketplace, fintech, retail, bank yoki logistika kabi ma’lumotlarga boy mahsulotlarda kamida 3 yillik tizim yoki biznes analitiki tajribasi;

  • Ishonchli SQL: oyna funksiyalari, ko‘p manbali joynlar, bajarish rejalarini tushunish;

  • Tizimlar o‘rtasidagi integratsiyalarni loyihalash tajribasi: API, fayl almashinuvi, navbatlar — shartnomani har ikki tomondan o‘zgarishlarga bardosh bera oladigan tarzda mustahkamlash qobiliyati.

  • CDC, oqimli ma’lumotlar (streaming data) va Avro, JSON, Parquet formatlari bilan ishlash tajribasi yoki tez o‘rganishga tayyorlik;

  • Data Quality rasmiylashtirish tajribasi: tekshiruv turlari qanday bo‘ladi, ular qanday ifodalanadi, cheklovlar va eskalatsiyalar qanday sozlanadi;

  • Biznes vakillari bilan ularning tilida muloqot qilish va talablarni texnik spetsifikatsiyaga aylantira olish;

  • Confluence yoki shunga o‘xshash tizimlarda hujjatlashtirish tajribasi: data flow, diagrammalari, ERD, sequence diagrammalar, integratsiya spetsifikatsiyalari;

  • Rus tilini erkin bilish.

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • Hisob tizimlari (1C va shunga o‘xshash) bilan integratsiyalashuv tajribasi, hisob va moliyaviy mantiqni tushunish;

  • Marketpleyslar yoki chakana savdo sohasidagi tajriba - xarid jarayonlari, ombor hisobi va yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni tushunish;

  • Iceberg, Delta Lake, Trino va Airflow bilan ishlash tajribasi;

  • Data Contract yoki Data Mesh amaliyotlarini joriy etish tajribasi;

  • Python’dan ma’lumotlarni tekshirish va prototiplar yaratish darajasida foydalanish.

Nima uchun bu qiziqarli:

  • Biznesdagi muammolarni bevosita hal qiladigan va integratsiyalardagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etadigan yuqori ta’sir darajasidagi rol;

  • Zamonaviy data platforma: Lakehouse, CDC, Trino va boshqa ilg‘or texnologiyalar;

  • Data Contract, Data Quality va Data Governance jarayonlarini noldan shakllantirish imkoniyati;

  • Keng vakolat va mustaqillik — siz jarayon egasi bo‘lasiz, oddiy ijrochi emas;

  • Kuchli jamoa: data muhandislari, analitiklar, DQ muhandislari va mahsulot ishlab chiqish mutaxassislari;

  • Mahsulot jamoalari bilan umumiy OKR’lar va aniq o‘lchanadigan natijalar.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Dunyoning istalgan nuqtasidan masofaviy ish yoki Toshkentdagi qulay ofis;

  • Cheklanmagan karyera rivojlanishi imkoniyatlari;

  • Top kompaniyalar darajasidagi maosh;

  • Startap ruhi va shakllangan biznes jarayonlarini uyg‘unlashtirgan korporativ madaniyat;

  • Kuchli ekspertlar jamoasida ishlash imkoniyati;

  • Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Qo‘shimcha bonuslar: lokatsiyangizga bog‘langan ITS, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000