Ijara munosabatlarini boshqarish bo‘limi rahbari
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Biz kimni qidirmoqdamiz:
Buyurtmalarni topshirish punktlari uchun ijaraga olingan obyektlar bo‘yicha ijaraga beruvchilar bilan ishlashni boshqaradigan tajribali rahbarni.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Ijara munosabatlarini yuritish bo‘yicha menejerlar jamoasini boshqarish;
Asosiy ijaraga beruvchilar bilan ijara shartnomalarini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borish;
Ijaraga beruvchilar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish;
Kommunal to‘lovlar amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ijara xarajatlari budjetiga rioya etilishini nazorat qilish.
Biz uchun muhim:
Tijorat ko‘chmas mulkini boshqarish yoki B2B savdo yo‘nalishida ish tajribasi;
Kuchli muloqot va muzokara olib borish ko‘nikmalari, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olish;
Hamkor ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos yechimlarni taklif qila olish;
Mustaqillik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik;
O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
Yirik chakana savdo tarmoqlarida ishlash tajribasi.
Biz nima taklif qilamiz:
Top kompaniyalar darajasidagi raqobatbardosh maosh;
Karyeraviy o‘sish — cheksiz rivojlanish imkoniyatlari;
Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi.