Tarmoq muhandisi
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Uzum Market jamoasiga logistika obyektlari infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan boshlang‘ich darajadagi Tarmoq muhandisini qidirmoqdamiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Uzum Market obyektlarida tarmoqning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
Tarmoq va server uskunalarini administratsiya qilish;
Taqsimlangan videokuzatuv tizimini qo‘llab-quvvatlash;
Infratuzilma va loyiha vazifalarida ishtirok etish;
JSM tizimidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish;
Texnik hujjatlarni yuritish.
Biz uchun muhim:
Kompyuter tarmoqlarini qurish va administratsiya qilish tamoyillarini yaxshi bilish, TCP/IP stekini tushunish;
Tarmoq uskunalari (L2/L3 kommutatorlari, marshrutizatorlar, Wi-Fi kontrollerlari va kirish nuqtalari) bilan amaliy ishlash tajribasi;
Turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bilan ishlash tajribasi;
Windows Server va Active Directory bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar;
Mas’uliyat, analitik fikrlash va tarmoq texnologiyalari yo‘nalishida rivojlanishga intilish.
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
VMware bilan ishlash tajribasi;
Linux serverlarini administratsiya qilish tajribasi;
CCNA va boshqa sohaga oid sertifikatlar;
HikVision va Dahua videokuzatuv tizimlarini qo‘llab-quvvatlash tajribasi;
СКУД va HikCentral tizimlari bilan ishlash tajribasi.
Biz nima taklif qilamiz:
Yirik infratuzilma bilan ishlash va tarmoq texnologiyalari bo‘yicha tajribangizni rivojlantirish imkoniyati;
Asos — zo‘r ishlashning cheksiz istagi, yoqimli bonus esa - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa afzalliklar;
Toshkent markazidagi zamonaviy va qulay ofis;
Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi.