Uzum People

Uzum logotipi
  • Marketing va kommunikatsiyalar
  • Uzum Nasiya

Media Buying bo‘yicha katta menejer

Toshkent • Ofis • 6 yildan boshlab

Uzum — O‘zbekistagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa raqamli yechimlarni birlashtiruvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan kompaniya.

Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi "yakkashoxi" kompaniyasi va milliy Uzum ekotizimining fintech yo‘nalishi bo‘lib, uning xizmatlaridan har oy 12 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.

Ayni paytda Uzum Fintech mamlakatning millionlab aholisi va minglab kichik va o‘rta biznes vakillari uchun texnologik moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank internet-banki, Uzum Nasiya BNPL yechimi va Uzum Avto avtomobillarni sotib olish va sotish onlayn xizmatini birlashtiradi.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Mavjud pullik trafik kanallarini rivojlantirish: reklama kampaniyalarini ishga tushirish, yuritish va samaradorligini nazorat qilish;
  • Reklama kampaniyalarini optimallashtirish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
  • Foydalanuvchilarni jalb qilish uchun yangi gipotezalar, kanallar va mexanikalarni sinovdan o‘tkazish;
  • Marketing jamoasi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va loyiha rejalarini muhokama qilish;
  • Tijorat takliflari, strategiyalar va auditlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • Mediarejalashtirish va reklama strategiyalarini ishlab chiqishda qatnashish;
  • Reklama kampaniyalarini rejalashtirish va joylashtirish jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish;
  • Raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish, App va Web yo‘nalishlarida pullik trafik bozoridagi trendlar va yangiliklarni kuzatish.

Biz uchun muhim:

  • Fintech loyihalari bilan ishlash tajribasi;
  • Google Ads, Yandex Direct, Meta, VK, Appnext va boshqa reklama platformalari bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • GA4, Yandex Metrika, Adjust kabi analitika va treking tizimlarini bilish;
  • CPI, CPO, CAC, LTV, CR metrikalarini tushunish;
  • Tanqidiy fikrlash va sabab-oqibat bog‘liqliklarini tahlil qilish qobiliyati.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Tajribasini ulashishga tayyor kuchli jamoa;
  • Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantiruvchi yirik loyihalarda ishlash;
  • Toshkent markazidagi zamonaviy va qulay ofis;
  • Ish kunining moslashuvchan boshlanish vaqti;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga qabul qilish;
  • Yillik ta'tilga qo‘shimcha 3 kunlik haq to‘lanadigan ta'til;
  • Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlar orqali shaxsiy brendni rivojlantirish imkoniyati;
  • Asos — zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati.
  • Yoqimli bonus — joylashuvingizga moslashtirilgan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.

Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:

  • Dunyoning yetakchi kompaniyalarida tajriba orttirgan hamkasblar bilan ishlash

IT sanoatini rivojlantiramiz:

  • Maqolalar, chiqishlar va IT hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash orqali tajriba almashish

Tez o‘sish:

  • Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar

Zamonaviy texnika:

  • Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000