Fashion kategoriya boshqaruvi jamoasiga stajyor
Toshkent • Ofis • Tajribasiz
Uzum E-com Uzum Market’ning tijoriy rivojlantirish jamoasiga stajirovka uchun qabul e’lon qiladi.
Nomzodlarga talablar:
Universitet bitiruvchilari yoki joriy yilda o‘qishni tamomlaydigan oxirgi bosqich talabalari
Hard Skills:
Excel / Google Sheets dasturlaridan ishonchli foydalanish
Ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikmasi
Bazaviy analitik ko‘nikmalar
Asosiy ko‘rsatkichlarni tushunish: GMV, DRR, ROAS, marjinallik va mahsulot pozitsiyalari
Marketpleys shaxsiy kabineti bilan bazaviy darajada ishlash: ma’lumotlarni ko‘rish va yuklab olish
Soft Skills:
Tafsilotlarga e’tiborli bo‘lish
Vazifalarni o‘z vaqtida va oxirigacha bajarish
Rivojlangan muloqot ko‘nikmalari
Ma’lumotlarni aniq qayd etish va yetkazib berish qobiliyati
Yangi vositalar, jadvallar va jarayonlarni tez o‘zlashtirishga tayyorlik
O‘sish va rivojlanishga intilish
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Savdo va mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va muntazam hisobotlar tayyorlash
Reklama kampaniyalari ko‘rsatkichlarini kuzatish: DRR va ROAS
Uzum Market’da mahsulotlarning qidiruv natijalari va kategoriyalardagi pozitsiyalarini monitoring qilish
Promo-jamoa bilan hamkorlikda yordam berish
Promo-kalendar va unga bog‘liq vazifalarni nazorat qilish
Mahsulotlar to‘plamlarini shakllantirish
Biz nima taklif qilamiz:
Rasmiy ishga joylashish
Rahbar bilan kelishilgan holda moslashuvchan ish jadvali
Raqobatbardosh ish haqi
Analitik va tijoriy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli vazifalar
Uzum Market’ning real ma’lumotlari va vositalari bilan ishlash imkoniyati
Jamoa ko‘magi va professional mentor
Stajirovkaga ariza topshirish uchun anketani to‘ldiring — biz siz bilan yaqin vaqt ichida bog‘lanamiz.
Uzum E-com jamoasiga qo‘shiling va karyerangizni biz bilan boshlang!
HR Team, Uzum E-commerce