Uzum People

Uzum logotipi
  • Marketing va kommunikatsiyalar
  • Uzum Market

Tarjimon

Toshkent • Gibrid • 1 yildan boshlab

Ilova, marketing materiallari, push-bildirishnomalar va bannerlar uchun matnlarni tarjima qilish hamda lokalizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan mutaxassisni izlayapmiz.

Nima bilan shug‘ullanish kerak:

  • Ilova, marketing materiallari, push-bildirishnomalar va bannerlar uchun matnlarni ma'nosi hamda tone of voice’ni saqlagan holda tarjima qilish va moslashtirish;

  • Matnlarni o‘zbek tilidan rus tiliga va rus tilidan o‘zbek tiliga yozma tarjima qilish;

  • Materiallarni maqsadli auditoriya va mahalliy kontekstga moslashtirish;

  • Logistika, IT, marketing, targ‘ibot va boshqa yo‘nalishlarga oid mahsulot terminlari bilan ishlash;

  • Matnlarni moslashtirish jarayonida so‘zlardan foydalanish bo‘yicha bahsli holatlar yuzasidan kichik tadqiqotlar o‘tkazish.

Biz uchun muhim:

  • Tarjima yoki lokalizatsiya sohasida kamida 3 yillik tajriba;

  • O‘zbek va rus tillarini adabiy darajada mukammal bilish;

  • Savodxonlik, detallarga e'tibor va sabr-toqat;

  • Matn tuzilishi va mantiqini yaxshi tushunish;

  • Murakkab mavzularni sodda va tushunarli tilda izohlash qobiliyati;

  • Kelishuvlarga mas'uliyat bilan yondashish va punktuallik.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Toshkent markazidagi zamonaviy va qulay ofis;

  • Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz;

  • Bozordagi yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;

  • Startap ruhi saqlanib qolgan, yetuk jarayonlarga ega noyob korporativ madaniyat;

  • Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;

  • Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Qo‘shimcha bonus sifatida — joylashuvingizga mos sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000