Moliyaviy Biznes Hamkor (Tijorat yo‘nalishi)
Toshkent • Gibrid • 3 yildan boshlab
Kimni qidirmoqdamiz:
Tijorat jamoasi uchun asosiy moliyaviy hamkor bo‘ladigan Finance Business Partner’ni izlayapmiz. Bu lavozim raqamlar bilan ishlashni yoqtiradigan, ularning biznesga ta'sirini tushunadigan va qarorlarni ma'lumotlar asosida qabul qilishga yordam beradigan mutaxassis uchun mo‘ljallangan.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Tijorat yo‘nalishi rahbarlari uchun moliyaviy hamkor bo‘lish (tijorat jamoasining moliya bilan bog‘liq barcha murojaatlari uchun yagona aloqa nuqtasi);
Tijorat yo‘nalishi uchun byudjet, prognoz va moliyaviy maqsadlarni shakllantirish;
Tijoriy KPI’larni belgilash va hisoblash jarayonini boshqarish;
GMV, Revenue, Margin va boshqa tijorat metrikalari bo‘yicha reja va amaldagi natijalarni tahlil qilish;
Kategoriyalar, sotuvchilar, promoaksiyalar va tijorat tashabbuslarining samaradorligini tahlil qilish;
1P segmenti samaradorligini tahlil qilish;
Tariflar, komissiyalar va yangi monetizatsiya mahsulotlari bo‘yicha moliyaviy modellar hamda biznes-keyslarni ishlab chiqish;
Biznes o‘sish drayverlarini va rentabellikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash;
Tijorat jamoalariga ma'lumotlar va moliyaviy tahlil asosida qaror qabul qilishda ko‘maklashish.
Biz uchun muhim:
FP&A, Finance Business Partner yoki shunga o‘xshash lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasi;
Byudjetlashtirish, prognozlash va KPI’larni boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba;
E-commerce biznesining unit economics va iqtisodiy tamoyillarini tushunish;
Moliyaviy modellashtirish va tijorat tashabbuslari samaradorligini baholash ko‘nikmasi;
Kuchli tahliliy fikrlash va katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati;
Excel yoki Google Sheetsni yuqori darajada bilish;
SQL va BI vositalarini bilish ustunlik beradi;
E-commerce, marketplace, retail yoki logistika kompaniyalarida ishlagan bo‘lish qo‘shimcha afzallik hisoblanadi;
Moliyaviy va boshqaruv hisobi bo‘yicha bilimlar.
Biz nima taklif qilamiz:
Professional jamoada yirik va ambitsiyali vazifalarni hal qilish imkoniyati;
Mamlakatdagi birinchi texnologik "yakkashox" kompaniyaning moliyaviy strategiyasiga bevosita ta'sir ko‘rsatish imkoniyati;
Bozordagi yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz;
Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi.