Uzum People

Uzum logotipi
  • Marketing va kommunikatsiyalar
  • Uzum Market

PVZ brending bo‘limiga stajyor

Toshkent • Ofis • Tajribasiz

Uzum E-com kompaniyasi buyurtmalarni topshirish punktlari (PVZ) brending bo‘limiga stajirovka uchun qabul e’lon qiladi.

Lavozim:
PVZ brending bo‘limiga stajyor.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Hard Skills:

  • Reklama materiallari va ma’lumotlarni hisobga olish uchun MS Excel / Google Jadvallar bilan ishonchli ishlash ko‘nikmasi;

  • Hisobotlar bilan ishlash va turli ma’lumotlarni tizimlashtira olish qobiliyati;

  • Hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi (arizalar, spetsifikatsiyalar, materiallar hisobi);

  • Kontent boshqaruv tizimlari ishlash tamoyillari bo‘yicha bazaviy tushuncha ustunlik beradi;

  • Marketing va brending asoslari bo‘yicha bilimlar ustunlik beradi;

  • TV va digital qurilmalar ishlash tamoyillari haqida tushunchaga ega bo‘lish ustunlik beradi.

Soft Skills:

  • Tafsilotlarga e’tiborli va tizimli ishlash qobiliyati;

  • Mas’uliyatlilik va vazifalarni oxirigacha yetkazish ko‘nikmasi;

  • Tashkiliy qobiliyatlar va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish;

  • Ozbek va rus tillarida bemalol muloqot qila olish;

  • Vazifalarni aniq shakllantirish va ish yozishmalarini olib bora olish;

  • Turli jamoalar bilan samarali muloqot qilish qobiliyati;

  • Analitik fikrlash va proaktivlik;

  • Brending sohasida rivojlanishga tayyorlik.

Vazifalar:

  • Buyurtmalarni topshirish punktlaridan kelgan foto hisobotlarni tashqi va ichki brending joylashtirilishi bo‘yicha tekshirish;

  • PVZlardagi reklama materiallari mavjudligini nazorat qilish va jadvallarni yuritish;

  • Reklama materiallari va uskunalarni joylashtirish bo‘yicha so‘rovlarni qayta ishlash;

  • PVZ boshqaruvchilari bilan materiallarni joylashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;

  • Ichki jamoalar va pudratchilar bilan reklama materiallari bo‘yicha aloqa qilish;

  • PVZlarni yangilash va rebrending qilish uchun yangi kreativlar ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • PVZlardagi televizorlarga reklama roliklarini yuklash va yangilash;

  • TV qurilmalarida reklama materiallari to‘g‘ri namoyish etilishini nazorat qilish;

  • PVZlardagi televizor va TV-pristavkalarning ishlash holatini monitoring qilish;

  • Reklama uskunalari hisobini yuritish;

  • Buyurtmalarni topshirish punktlarida TV reklama yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etish.

Biz taklif qilamiz:

  • Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga qabul qilish;

  • Moslashuvchan ish jadvali (rahbar bilan kelishilgan holda);

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • Mijozlar tajribasiga ta’sir qiladigan real loyihalarda ishlash imkoniyati;

  • Brending, marketing va e-commerce sohalarida amaliy tajriba;

  • Professional rivojlanishga yordam beradigan tajribali mentor.

Bu — Uzum E-com brendini rivojlantirishda ishtirok etish, real biznes vazifalari ustida ishlash va marketing hamda brending sohasida karyerani boshlash uchun ajoyib imkoniyat.

Stajirovkaga ariza topshirish uchun formani to‘ldiring — siz bilan bog‘lanamiz.

Sizni suhbatda kutib qolamiz,
HR jamoasi, Uzum E-com


Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000