Xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi muhandis
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
Yangi ishga qabul qilingan xodimlar, tashrif buyuruvchilar, pudratchilar xodimlari va amaliyotchilar uchun mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘riqnomalarini o‘tkazish.
Xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishini ta’minlash.
Xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlar, kasb kasalliklari va ishlab chiqarish omillari ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etish., kasb kasalliklari va ishlab chiqarish omillari ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etish.
Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xabardor qilish va maslahatlar berish;
Mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tashkilot xodimlarini o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Biz uchun nima muhim:
Davlat tili (o‘zbek tili) va rus tilida savodli yozma va og‘zaki nutq.
Mehnat muhofazasi, sanoat va yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunchilikni bilish.
Xalqaro standartlarni, ISO 45001 va ISO 9001 standartlarini bilish — afzallik.
Xavflarni aniqlash va kasbiy xavflarni baholash ko‘nikmasi.
Baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning asosiy sabablarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar, o‘quv dasturlari, standartlar, tartib-qoidalar va boshqa mahalliy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
Xodimlar uchun yo‘riqnomalar, o‘quv mashg‘ulotlari va bilimlarni tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki auditlar va inspeksiyalar o‘tkazish.
Hodisalarni boshqarish tizimlari bilan ishlash va hisobotlarni yuritish ko‘nikmasi.
Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Microsoft Word hamda ixtisoslashtirilgan EHS tizimlaridan (masalan, Enablon, Intelex, EcoOnline va boshqalar, agar ular kompaniyada qo‘llanilsa) foydalanishni bilish.
Jarohatlanishlar statistikasini tahlil qilish, samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) hisoblash va tahliliy hisobotlar tayyorlash ko‘nikmasi.
Yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi va yuqori xavfli ishlarni bajarish xavfsizligi talablarini bilish.
Biz nimalarni taklif qilamiz:
Toshkent markazida shinam ofis;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar