Ish haqi hisob-kitobi bo‘yicha mutaxassis
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
Biriktirilgan yo‘nalish bo‘yicha ish haqi, avans, ta’til puli, kasallik varaqasi bo‘yicha to‘lovlar, bonuslar va boshqa to‘lovlarni hisoblash.
Hisob-kitobni amalga oshirishdan oldin ish vaqtini hisobga olish tabelini tekshirish.
Hisob-kitoblarga ta’sir qiluvchi buyruqlar va boshqa hujjatlarni tekshirish.
Soliqlar, ushlab qolinadigan summalar va ijro hujjatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Xodim ishdan bo‘shatilganda yakuniy hisob-kitobni amalga oshirish.
Hisoblangan summalarni 1C tizimiga yuklash va tekshirish.
Hisob-kitob varaqalari, ma’lumotnomalar va zarur reyestrlarni shakllantirish.
Hisoblangan va ushlab qolingan summalar hamda to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni solishtirish.
Xodimlarga ish haqi bo‘yicha maslahat berish.
Kadrlar xizmati, HRBP, buxgalteriya va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik qilish.
Hisob-kitob davrini yopish va hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish.
Shaxsiy ma’lumotlar va ish haqi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash.
Biz uchun nima muhim:
Ish haqi, avans, ta’til puli, kasallik varaqasi bo‘yicha to‘lovlar, bonuslar, kompensatsiyalar va yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish tajribasi.
1C:ZUP tizimida ishlash tajribasi.
O‘zbekiston Respublikasida JShDS, ijtimoiy soliq va boshqa majburiy ushlab qolishlarni hisoblash asoslarini tushunish.
Ish vaqtini hisobga olish tabeli bilan ishlash tajribasi.
MS Office dasturlarini yaxshi bilish.
Biz nimalarni taklif qilamiz:
Toshkent markazida shinam ofis;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar