B2B Product Manager (FBS/DBS + Cross Border)
Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab
Biz Seller Experience jamoasiga Product Manager izlayapmiz. Ushbu rolning asosiy yo‘nalishi — FBS va DBS modellari bo‘yicha ishlaydigan sotuvchilar uchun mahsulotlarni rivojlantirish, shuningdek, transchegaraviy Cross Borderjarayonlarini takomillashtirish.
Siz sotuvchining buyurtmani bajarishning barcha bosqichlaridagi tajribasini yaxshilash bilan shug‘ullanasiz: buyurtmani qabul qilish va qayta ishlashdan tortib, mahsulotni yetkazib berishga topshirish, statuslarni kuzatish, qaytarishlar bilan ishlash va yuzaga keladigan muammolarni hal qilishgacha. Alohida yo‘nalish sifatida xalqaro sotuvchilar tajribasini rivojlantirish va transchegaraviy jarayonlarni soddalashtirishga e’tibor qaratiladi.
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
- Product discovery jarayonini boshqarish: sotuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish, GMV o‘sish nuqtalarini aniqlash, gipotezalarni shakllantirish va tekshirish.
- FBS/DBS va Cross Border yo‘nalishlari strategiyasini shakllantirish, roadmap va mahsulot backlogini boshqarish.
- Mahalliy va xalqaro sotuvchilar tajribasini rivojlantirish: buyurtmalar, jo‘natmalar, yetkazib berish, statuslar va qaytarishlar bilan ishlash jarayonlarini yaxshilash.
- PRD tayyorlash va himoya qilish, tashabbuslar uchun talablar va muvaffaqiyat mezonlarini belgilash.
- Ishga tushirilgan yechimlarning GMV va seller experience asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash hamda muvaffaqiyatli yechimlarni kengaytirish.
- Manfaatdor tomonlarning kutilmalarini boshqarish va kross-funksional jamoalar ishini muvofiqlashtirish.
Biz uchun nima muhim:
- Product Manager sifatida 4 yildan ortiq ish tajribasi
- E-commerce, marketplace, logistika yoki supply chain sohalarida B2B mahsulotlari yoki murakkab foydalanuvchi ssenariylarini rivojlantirish tajribasi.
- Product discovery o‘tkazish, ma’lumotlar bilan ishlash, strategiya shakllantirish va mahsulotni amalga oshirishning to‘liq siklini boshqarish ko‘nikmasi.
- Bir nechta manfaatdor tomonlar va kross-funksional jamoalar bilan ishlash tajribasi.
- FBS va DBS modellarining ishlash tamoyillari, buyurtmalarni bajarish, yetkazib berish va qaytarish jarayonlarini tushunish.
- Tizim integratsiyalari va API ishlash tamoyillarini tushunish, integratsion yechimlarga talablarni shakllantirish va ularni dasturchlar jamoasi bilan muhokama qila olish.
Nima uchun bu qiziq:
- Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
- Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
- Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi
Biz nimalarni taklif qilamiz:
- Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Moskva va Toshkentdagi qulay ofis;
- Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
- Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
- Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
- Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.