Senior Project Manager (Product Marketing)
Toshkent • Masofaviy ish • 6 yildan boshlab
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
Sizning asosiy maqsadingiz - Uzum Fintech bilan umumiy tashabbuslar uchun Uzum e-Com’ning asosiy vakili bo‘lish va aylanma, daromadlilik hamda faol auditoriyani oshirishga qaratilgan loyihalarni boshqarish.
O‘sishni ta’minlash uchun mahsulot, marketing va promo tashabbuslarning yagona backlogini shakllantirish.
Marketing, mahsulot, tijorat va tahliliy jamoalar bilan birgalikda promo va mahsulot mexaniklarini ishga tushirish loyihalarini boshqarish
Tashabbuslarning biznes o‘sishiga ta’sirini tahlil qilish.
Tegishli jamoalar ishini muvofiqlashtirish va budjetlarni kelishish.
Biz uchun nima muhim:
Product marketing, Product yoki Project Manager sifatida 5+ yillik tajriba, marketing va mahsulot jamoalari bilan ishlash tajribasi.
Ko‘p vazifalilik va yirik kross-funksional loyihalarni ishga tushirishda yetakchilik tajribasi, diqqatni jamlay olish va ish kun tartibini boshqarish ko‘nikmasi.
Tahliliy va moliyaviy jamoalar bilan yaqindan hamkorlik qilish tajribasi
Tez rivojlanayotgan va yuqori ambitsiyali kompaniyada ishlash istagi
Yetakchilik fazilatlari, tashabbuskorlik, jamoada ishlash qobiliyati va rivojlanishga intilish
Nima uchun bu qiziq:
Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi
Biz nimalarni taklif qilamiz:
Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Moskva va Toshkentdagi qulay ofis;
Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.