Uzum People

Uzum logotipi
  • Savdo va kategoriya boshqaruvi
  • Uzum Market

Kategoriyaviy menejer «Bolalik»

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab


Uzum Market «Bolalik» kategoriyasiga Kategoriyaviy menejerni qidirmoqda. U kategoriya rivojlanishini o‘z zimmasiga oladi va uning asosiy biznes ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi.

Siz assortiment, analitika, yetkazib beruvchilar va narx strategiyasi bilan ishlaysiz, o‘sish nuqtalarini aniqlaysiz va xaridorlarimizga haqiqatan ham kerak bo‘lgan taklifni shakllantirasiz.

Agar siz analitika, tijoriy fikrlash va bozorni chuqur tushunishni uyg‘unlashtira olsangiz, siz bilan tanishishdan mamnun bo‘lamiz!

Biz uchun nimalar muhim:

  • Savdolarni kengaytirish va assortimentni samarali boshqarish hisobiga aylanmaning barqaror o‘sishini ta’minlash

  • Talab asosida SKU sonini oshirish: hit mahsulotlarni kuchaytirish, mahsulot qatorlarini kengaytirish, o‘sish salohiyatiga ega yangi tovarlarni chiqarish

  • Vitrina samaradorligini yaxshilash: sellerlar bilan ishlash orqali kontent, SEO va mahsulot kartochkalari strukturasi yordamida CTR → CR ko‘rsatkichlarini oshirish

  • Sog‘lom savdo tezligini ta’minlash, mavsumiy tovarlar bo‘yicha deadstock va OOS holatlarini minimallashtirish

  • Savdo analitikasi va talab xatti-harakatlari asosida assortiment, narx va promo bo‘yicha qarorlar qabul qilish

  • 1P va 3P sxemalari bo‘yicha assortimentni boshqarish va rivojlantirish

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Kategoriya assortimentini boshqarish;

  • Kategoriyaning asosiy metrikalarini o‘stirish;

  • Tovar kartochkalarini boshqarish (vitrina vizuali);

  • Narx belgilash va promo-aksiyalar;

  • Operatsion boshqaruv;

  • Analitika va qarorlar qabul qilish;

  • Yondosh jamoalar bilan hamkorlik qilish.

Nima taklif qilamiz:

  • Toshkent markazidagi qulay ofis;

  • Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz;

  • Top kompaniyalar darajasidagi maosh;

  • Noyob madaniyat — startap ruhini saqlab qolib va shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘yganmiz;

  • Ekspertizaning chuqurligi qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash;

  • Dress-kodning yo‘qligi va minimal byurokratiya. 

  • Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000