Product Designer (Fashion)
Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab
Uzum Market Fashion jamoasiga mahsulot dizayneri izlamoqda.
Fashion (kategoriya tajribasi) — Fashion tovarlari kategoriyasidagi foydalanuvchi yo‘lini, shuningdek, biznes va mijoz muammolarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa joylardagi foydalanuvchi tajribasini rivojlantirish uchun mas’ul jamoa.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Maketlarda ssenariylarni puxta o‘ylash, foydalanuvchi uchun qulaylik va biznes manfaatini hisobga olish;
Murakkab va ko‘zga yoqimli interfeyslarni loyihalash;
Jamoa bilan birgalikda o‘z mas’uliyat zonangizdagi konsepsiyalarni ishlab chiqish;
Maketlarni groom qilish va ishlab chiqish jamoasiga topshirish;
Ishlab chiqilgan yechimlar bo‘yicha design-review o‘tkazish va prodakshndagi mahsulotlar sifatini nazorat qilish;
Eng yaxshi natijaga erishish uchun boshqa dizaynerlar bilan muloqot qilish va hamkorlik qilish;
O‘z yechimlaringizni dizayn jamoasidan tortib top-menejmentgacha bo‘lgan barcha manfaatdor tomonlarga taqdim etish.
Bo‘lajak jamoa a’zosidan nimalarni kutamiz:
B2C segmentida mahsulot dizaynida 3 yildan ortiq tajriba;
Vazifalarni hal qilishda app-first yondashuvi;
Qaror qabul qilish asosi sifatida data-driven design’dan foydalanish;
JTBD, CJM, Double Diamond nima ekanini bilish va ularni amaliyotda qo‘llash;
UI va estetik didingiz yoqimli taassurot uyg‘otishi;
Metrikalarni tushunish va ular ish jarayonida qanday yordam berishini anglash;
Tadqiqotlarni mustaqil o‘tkazishdan qo‘rqmaslik;
Natijaga erishish uchun vaqt va o‘z resurslaringizni mustaqil rejalashtira olish;
Jamoaning barcha a’zolariga hamkor sifatida munosabatda bo‘lish.
Nima uchun bu qiziqarli
Keng mas’uliyat zonasini va arxitektura hamda mahsulot qarorlariga ta’sir qilish imkoniyatini beramiz. Shuningdek, sizning tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishga tayyormiz.
Noyob madaniyat — startap ruhini saqlab qolib va shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘yganmiz.
Butun jamoa bilan o‘lchanadigan maqsadlarni shakllantiramiz va ularni shunchaki “belgi uchun” bajarmaymiz, balki samaradorlikni va ishimizning biznesga umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
Ekspertizaning chuqurligi va muhandislik fikrlashi qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash.
Jamoalar bir-birini tinglaydi va eshitadi: biz ijrochi emas, balki hamkor sifatida ishlaymiz.
Nima taklif qilamiz
Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan yoki Toshkentdagi shinam ofisda ishlash.
Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishlarida o‘sish mumkin, shuningdek, muntazam ravishda samaradorlikni baholash yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiya bozoridagi top kompaniyalar darajasida maosh to‘laymiz.
Ta’lim va rivojlanish — kompaniya ichida ham, undan tashqarida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, nashrlar). Shuningdek, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz.
Asos - zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati. Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.