Hisobotlar bo‘yicha menejer
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Biz Uzum Market moliyaviy hisobotlar jamoasiga qo‘shiladigan menejer izlamoqdamiz. Ushbu lavozimda siz boshqaruv hisoboti va MHXS bo‘yicha hisobotlarning sifati hamda o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun javob berasiz, hisobot metodologiyasini rivojlantirasiz, shuningdek biznesga ta’sir qiluvchi nostandart operatsiyalar va vazifalar bilan ishlaysiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
MHXS bo‘yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
IFRS-korrektirovkalar, konsolidatsiya o‘tkazmalari va ochiqlanmalarni tayyorlash hamda nazorat qilish;
Boshqaruv hisobotlarini tayyorlash va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
Murakkab va nostandart operatsiyalarni MHXS nuqtayi nazaridan tahlil qilish;
Hisob siyosati va metodologik yondashuvlarni ishlab chiqish hamda yangilab borish;
Tashqi auditorlar bilan hamkorlik qilish va MHXS bo‘yicha masalalarni kuzatib borish;
Hisobot va moliyaviy yopilish jarayonlarini optimallashtirish hamda avtomatlashtirishda ishtirok etish;
Yangi mahsulotlar, shartnomalar va biznes tashabbuslarini MHXS nuqtayi nazaridan baholash.
Biz uchun nimalar muhim:
MHXS, moliyaviy hisobot, texnik hisob yoki audit yo‘nalishida 3+ yillik ish tajribasi;
MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va/yoki tekshirish bo‘yicha amaliy tajriba;
Boshqaruv hisoboti / reporting bilan ishlash tajribasi;
MHXSni chuqur bilish va murakkab accounting issues’larni tahlil qilish tajribasi;
Tashqi auditorlar bilan ishlash tajribasi;
Excel va 1C’ni yuqori darajada bilish hamda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishonchli ishlash.
Ustunlik bo‘ladi:
Big4, e-commerce, retail, xalqaro kompaniyalar guruhi yoki yirik korporativ tuzilmada ish tajribasi;
ACCA / DipIFR;
Hisobot jarayonlarini avtomatlashtirish va ERP / reporting systems bilan ishlash tajribasi.
Nima taklif qilamiz:
Raqobatbardosh ish haqi — yetakchi kompaniyalar darajasida to‘laymiz;
Karyera rivojlanishi va professional o‘sish imkoniyatlari;
ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar;
Hamkor kompaniyalarning chegirma dasturlari;
Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi.