Mamlakatning texnologik hamjamiyatini rivojlantiradigan va yosh mutaxassislarga real vazifalar bilan ishlash imkoniyatini beradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash biz uchun doimo muhim. 20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi asosiy loyihalardan biri bo‘lgan Milliy AI Hackathon’ning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi va biz uning bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz.
Bugungi kunda AI-servislar Uzum mahsulotlarining ajralmas qismiga aylandi va butun mamlakat bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar uchun haqiqiy qiymat yaratmoqda. Shu sababli, biz uchun nafaqat o‘z texnologik yechimlarimizni ishlab chiqish, balki yosh mutaxassislar bilan amaliy tajriba almashish, ularga kasbiy o‘sishga va amaliy keyslar bilan ishlashga ko‘maklashish ham prinsipial ahamiyatga ega.
Xakaton doirasida ishtirokchilar tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega sohalar uchun sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqadilar. Jamoalar yetakchi IT-kompaniyalar murabbiylari ko‘magida ishlashlari, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishlari mumkin bo‘ladi. Eng yaxshi loyihalar sovrinlar va keyingi rivojlanish uchun mablag‘ jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Milliy AI Hackathon tegishli vazirliklar, IT Park Uzbekistan, professional hamjamiyatlar va IT-kompaniyalar ishtirokida o‘tkazilmoqda. Uzum uchun xakatonning bosh hamkori bo‘lish va O‘zbekistonda sun’iy intellekt mutaxassislarining yangi avlodini rivojlantirishga hissa qo‘shish katta sharafdir.
Ro‘yxatdan o‘tish ai-hackathon.uz saytida ochilgan. Ushbu bosqichda Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin. Xakaton finali 2026-yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi, unda butun mamlakatning eng yaxshi jamoalari sun’iy intellekt sohasidagi o‘z ishlanmalarini taqdim etadilar.
Samarqandda Milliy AI Hackathon
19.01.2026