Endilikda investorlarimiz orasida O‘mon Sultonligining suveren investitsiya fondi ham bor. Shuningdek, raundda Uzumning joriy investorlari: VR Capital, Tencent va FinSight Ventures ham ishtirok etdi. Yangi baholash ko‘rsatkichi 2,3 mlrd dollar darajasida qayd etildi.
Bu Uzum ekotizimini yanada rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘lib, xalqaro hamkorlar va investorlarning mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan raqamli bozorlardan biri sifatida O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganining yana bir tasdig‘idir.
Jalb etilgan mablag‘larni asosiy yo‘nalishlar: elektron tijorat, raqamli banking, to‘lov servislarining rivojlantirishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqdamiz. Bugungi kunda Uzum servislaridan oyiga 20 milliondan ortiq o‘zbekistonlik foydalanadi. Investitsiyalar texnologik infratuzilmani kengaytirish va zamonaviy raqamli servislarini mamlakatning barcha hududlari aholisi uchun yanada qulayroq qilishga yordam beradi.
O‘mon suveren tuzilmalaridan $130 mln dan ortiq sarmoya jalb qilindi
12.03.2026