Garovsiz obligatsiyalar chiqarish Uzum uchun O‘zbekiston qarz kapitali bozoridagi birinchi qadam bo‘ldi. Garchi u ko‘proq institutsional investorlarga mo‘ljallangan bo‘lsa-da (eng yirik paketni xususiy bank sotib oldi va bitta obligatsiyaning nominal qiymati 500 million so‘mni tashkil etdi), xaridorlar orasida sug‘urta kompaniyalari va xususiy investorlar ham bor edi.
Biz obligatsiyalarni ichki bozorda joylashtirishni davom ettirishni rejalashtirmoqdamiz, biz uchun bu nafaqat fondlashtirishni jalb qilish usuli, balki milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishdir.
Biz O‘zbekiston uchun rekord darajadagi garovsiz obligatsiyalarni joylashtirdik — bu korporativ qimmatli qog‘ozlarga qiziqish va Uzum’ga ishonch ortib borayotganining yorqin belgisidir. Uzum obligatsiyalarini chiqarish nafaqat ekotizimning fintex segmentini rivojlantirishga imkon beradi, balki bozorga daromadli va likvid qarz vositasini ham taqdim etadi," — deya izoh berdi Uzum ekotizimi moliyaviy direktori Nikita Gulyayev
Hamkorlar va investorlarga bildirgan ishonchi uchun tashakkur.